Ariyetta (italyancha: „arietta“ — kichik ariya) – 1) kichik ariya, odatda 2 qismli shaklda sodda bayoni va kuyining qoʻshiqsimon harakteri bilan ajralib turadi[1][2]. Masalan, M. Yusupovning „Xorazm qoʻshigʻi“ operasidagi Bahor Axi;
2) XVIII asr birinchi yarmi fransuz operasidada capo ariyasi, italyancha matnga aytilgan. Italyan operasida sahna voqealari rivojiga bogʻlanmaganligi bilan ariyadan farqlanadi, divertismentda faqat „kiritilgan“ nomer sifatida ishlatiladi;
3) fransuz hajviy operasida – xalq ruhidagi yakkaxon ashula (ariya)si. Baʼzan, ariyetta nomi cholgʻu asarlarga nisbatan ham ishlatiladi. Masalan, Boris Giyenkoning fortepiano uchun „Bolalar albomi“dagi ariyetta.