Our website is made possible by displaying online advertisements to our visitors.
Please consider supporting us by disabling your ad blocker.

Responsive image


Ekran

1-savol Ekran (frans. — parda) — 1) tasvirlar tushirish yoki hosil qilish uchun moʻljallangan qurilma. Masalan, kino ekrani (parda), televizor ekrani (shisha qurilma) va boshqalar; 2) turli nurlanishlarni yutadigan, qaytaradigan yoki insonni ulardan himoya qiladigan qurilma (masalan, bug qozoni ekran— suvni isitish uchun issiqlik nurlarini yutadi, rentgen qurilmasining ekrani — rentgen nurlarini koʻrinuvchi nurlarga aylantiradi va insonni ularning zararli taʼsiridan himoya qiladi); 3) radiotexnika va elektrotexnika qurilmalari va boshqalarni foydasiz va xalaqit beruvchi tashqi elektromagnit maydondan himoya qilish uchun moʻljallangan toʻsiq. Bunday ekran elektr tokini yaxshi oʻtkazuvchi metall (mis, alyuminiy) dan yasaladi. Unda tashqi elektromagnit maydon oʻzgaruvchan tok hosil qiladi. Bu tok ekranda ikkilamchi elektron maydonni vujudga keltiradi. Bu maydonning amplitudasi tashqi maydon amplitudasiga teng, fazasi esa qarama-qarshidir. Shuning uchun natijaviy elektromagnit maydonning taʼsiri kamayadi. Qurilmalarni bunday ekranlar bilan taʼminlash ekranlash deb ataladi.







Previous Page Next Page






Экран BE Екран Bulgarian Ekraan ET Écran French Экран KK Ekran Dutch Ekran Polish Экран Russian Ekran SL Екран Ukrainian

Responsive image

Responsive image