Our website is made possible by displaying online advertisements to our visitors.
Please consider supporting us by disabling your ad blocker.

Responsive image


Morfinizm

Morfinizm — giyohvandlik turlaridan biri, morfinga oʻrganib qolib, uni qabul qilmay tura olmaslik, xumorlik. M.da ruhiyat (shaxsning xususiyatlari, feʼl-atvori, irodasi) buziladi, xumor (abstinensiya) sindromi rivojlanadi, odam tirishib qoladi, tinkasi quriydi,yuraktomir, meʼda-ichak va jinsiy aʼzolar faoliyati izdan chiqadi; terisi "gʻoz terisi"ga oʻxshab ketadi, oyoq-qoʻl boʻgʻimlarida kuchli ogʻriq, muskullar tortishishi, talvasalar tutishi kuzatiladi. Tushga har xil qoʻrqinchli voqealar kiradi, qoʻrquv bosadi. Morfin qabul qilinishi bilan bu alomatlar tezda oʻtib ketadi. M.da narkotik modda — morfiy teri ostiga va vena qon tomiriga yuborilgani uchun bemorning bilak, son va biqinlarida qotib qolgan tomir chandiqlari va igna oʻrni yaqqol koʻzga tashlanadi. M.ning oldi olinmasa, bemor halok boʻlishi mumkin.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Previous Page Next Page






Morphinismus German Morfinism ET Morfinizmus Hungarian Մորֆինամոլություն HY Morfinizm Polish Morfinizm Turkish

Responsive image

Responsive image