Videosignal — tasvir hosil qilinadigan oʻzgaruvchan elektr signal. Koʻpincha, V. deyilganda tasvir signallarining oʻzi tushuniladi. V. uzatilayotgan tasvirlarga mos keluvchi har xilamplitudali impulslar (yeritilganlik darajasi, uzatish muddati va b.)dan iborat boʻladi. Televideniyeda V. (televizion signal) parametrlari obyekt tasvirining alohida uchastkasi ravshanligiga mutanosib boʻlgan elektr tebranishlardir. Bunday signal elektr-yorugʻlik oʻzgartirgichlar (mas., vid ikon, superortikon) yordamida hosil qilinadi. V.dan fototelegrafiya va radiolokatsiyada ham foydalaniladi.