Our website is made possible by displaying online advertisements to our visitors.
Please consider supporting us by disabling your ad blocker.

Responsive image


Abdulla Qodiriy

Abdulla Qodiriy
Tavalludi 1894-yil 10-aprel
Toshkent
Vafoti 1938-yil 4-oktabr
Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi SSSR
Sohasi shoir, yozuvchi
Mashhur ishlari „Oʻtkan kunlar“, „Mehrobdan chayon“, „Obid ketmon“
Mukofotlari Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti,
“Mustaqillik” ordeni
Dini Islom

Abdulla Qodiriy (asosiy taxalluslari: Qodiriy, Julqunboy) (1894.4.10-Toshkent-1938.10.4) – XX-asr yangi oʻzbek adabiyotining ulkan namoyandasi, oʻzbek romanchiligining asoschisi; 20-yillardagi muhim ijtimoiy-madaniy jarayonlarning faol ishtirokchisi. Bogʻbon oilasida tugʻilgan. Otasi Qodirbobo (1820—1924) xon, beklar qoʻlida sarbozlik qilgan, rus bosqini paytida (1865) Toshkent mudofaasida qatnashgan. Otasi boshidan oʻtgan sarguzashtlar Abdulla Qodiriyning qator asarlari, xususan tarixiy romanlarining yuzaga kelishida muhim rol oʻynagan. Abdulla Qodiriy musulmon maktabida (19041906), rus-tuzem maktabida (190812), Abulqosim shayx madrasasida (191617) taʼlim oldi; Moskvadagi adabiyot kursida (1925-26) oʻqidi. Yoshligidanoq qadimgi Sharq madaniyati va adabiyoti ruhida tarbiya topgan; arab, fors va rus tillarini oʻrgangan. Jahon adabiyotini ixlos bilan mutolaa qilgan.

Abdulla Qodiriyning ulkan merosi haligacha kitobxonlar qalbidan joy olmoqda.


Previous Page Next Page