Our website is made possible by displaying online advertisements to our visitors.
Please consider supporting us by disabling your ad blocker.

Responsive image


Abu Bakr Siddiq

Abu Bakr Siddiq
Tavalludi 27-oktyabr 573
Vafoti 23-avgust 634
Fuqaroligi Rashidun xalifaligi
Otasi Abu Quhofa
Onasi Salma Umm-ul-Khair
Abu Bakr Siddiq

Abu Bakr Siddiq (toʻliq ismi: Abu Bakr Siddiq Abdulloh ibn Abu Qahhofa ibn Omir; tax. 573-yil — 634-yil 23-avgust) — Muhammad ( sallollohu alayhi vasallam ) payg'ambar daʼvati bilan islomni birinchilardan boʻlib qabul qilganlar, dastlabki toʻrt xalifadan birinchisi (632—634). Tirikligida jannat bashorati berilgan sahobalarning birinchisi sanaladilar. Muhammad ( sallollohu alayhi vasallam ) payg'ambarning eng yaqin safdoshi, qaynotasi (mo'minlarning onasi Oysha (r.a) ning otasi). Yirik savdogar. Makkaning quraysh qabilasidan. Islomga kirishdan oldin ismi Abdulkaʼba edi. Abdullo ismini Muhammad ( sallollohu alayhi vasallam ) payg'ambar qoʻyganlar. Siddiq deb atalishiga sabab shuki, isro va meʼroj hodisasini eng birinchi boʻlib tasdiqlaganlar. Muhammad ( sallollohu alayhi vasallam ) payg'ambar unga Siddiq, yaʼni iymoni kuchli deb laqab berdilar. Makkadan Madinaga hijrat qilishda Muhammad ( sallollohu alayhi vasallam ) payg'ambarga hamroh, gʻorda birga boʻldilar. Badr, Uhud, Handaq, Xudaybiya va boshqa joylardagi janglarda ishtirok etdilar. Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhu obroʻli va badavlat kishi boʻlgani uchun koʻp odamlarga yordam qildilar, chunonchi, Bilol Habashiyni qullikdan sotib olib, ozod etdilar. Muhammad ( sallollohu alayhi vasallam ) payg'ambar vafotidan keyin birinchi xalifa boʻlib saylandilar (632). Arab qabilalarining Madina hokimiyatiga qarshi koʻtargan qoʻzgolonlarini bostirdilar. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu xalifaligi davrida arablar Iroq va Suriyani fath qildilar. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu Madinada vafot etdilar va Muhammad ( sallollohu alayhi vasallam ) payg'ambar yoniga dafn qilindilar[1].

  1. Abu Bakr Siddiq. OʻzME. A-harfi[sayt ishlamaydi]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Previous Page Next Page






Abu Bakar Ash-Shiddiq ACE Aboe Bakr AF أبو بكر الصديق Arabic بوبكر ARY ابو بكر ARZ Abu Bakr as-Siddiq AST Əbu Bəkr AZ ابوبکر AZB Әбү Бәкер BA Абу Бакр BE

Responsive image

Responsive image