Bodring – (lotincha: Cucumis sativus) bir yillik, oʻt oʻsimlik. Vatani — Hindiston,[1][2][3] ammo hozir dunyoning koʻpgina mamlakatlarida yetishtiriladi. Issiqsevar oʻsimlik hisoblansada, vegitatsiya davrining qisqaligi sababli yer kurrasining shimoliy oʻlkalarida ham yetishtiriladi. Oʻzbekistonda sabzavot ekini sifatida keng ekiladi, yetishtirish maydonlari boʻyicha pomidor, piyoz, sabzi, oq bosh karam sabzavotlaridan keyingi oʻrinda turadi. Oʻzbekistonda taxminan 8000-10000 gektar maydonda yetishtiriladi.
Bodring | |
---|---|
Olam | Oʻsimliklar |
Boʻlim | Yopiq urugʻlilar |
Sinf | Ikki pallalilar |
Tartib | Passifloragullilar |
Oila | Qovoqgullilar |
Avlod | Qovoqdoshlar |
Tur | Bodring |
Binar nomenklatura bo'yicha nomlanishi | Cucumis sativus L. |