Bomdod (fors.) — erta tong payti, sahar paytida oʻqiladigan namoz. Bamdod namozi 2 rakaat sunnat va 2 rakaat farzdan iborat. Erta tongda oʻqilgan namozning savobi qolgan namozlarga qaraganda kattaroq deb hisoblanadi. Bomdod namozi vaqti ufqda yorugʻlik chizigʻi paydo boʻlishi bilan boshlanadi va quyosh chiqishidan oldin tugaydi.[1]