Our website is made possible by displaying online advertisements to our visitors.
Please consider supporting us by disabling your ad blocker.

Responsive image


Buxoro Xalq Sovet Respublikasi

1920-1925
Tarixiy era XX asr
Avvalgi davlat
Keyingi davlat
Buxoro amirligi
Turkmaniston Sovet Sotsialistik Respublikasi
Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi
Hozirda hududida quyidagilar mavjud  Oʻzbekiston
 Turkmaniston

Buxoro Xalq Sovet Respublikasi, Buxoro XSR, BXSR (ruscha: Бухарская Народная Советская Республика; tojikcha: Ҷумҳурии Халқии Шӯравии Бухоро) – Buxoro amirligida amirlik tuzumi agʻdarib tashlangach, yuzaga kelgan xalq respublikasi. Maydoni 182,193 ming km², aholisi taxminan 2,2 million kishidan ortiq boʻlib, asosan oʻzbeklar, tojiklar va turkmanlar, qisman qozoq, qoraqalpoq, tatar va buxoro yahudiylari yashagan. Buxoro XSR Xorazm Xalq Sovet Respublikasi, Turkiston ASSR va Afgʻoniston davlatlari bilan chegaradosh boʻlib, poytaxti Buxoro shahri boʻlgan.

Buxoro XSR 1920-yil 8-oktabrda tuzilgan. 1924-yil 19-sentabrda Buxoro XSR nomi Buxoro Sotsialistik Sovet Respublikasi (Buxoro SSR) (ruscha: Бухарская Социалистическая Советская Республика) deb oʻzgartirilgan[1]. Oʻrta Osiyo respublikalarini milliy-hududiy chegaralarini belgilash jarayoni ortidan Buxoro SSR hududi yangi tuzilgan Oʻzbekiston SSR, Turkmaniston SSR hamda Tojikiston ASSR (1929-yildan Tojikiston SSR) tarkibiga kiritilgan.

  1. "Buxoro Xalq Sovet Respublikasi" (oʻzbekcha). Ensiklopedik lugʻat. 1. Toshkent: Oʻzbek sovet ensiklopediyasi. 1988. p. 134. 5-89890-002-0. 

Previous Page Next Page