Buxoro amirligi | |||||||
| |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||
![]() 1850-yildagi Buxoro xonligi | |||||||
Poytaxti | Buxoro | ||||||
Til(lar)i | Eski oʻzbek tili, Fors tili | ||||||
Dini | Islom | ||||||
Pul birligi | kumush, oltin tanga | ||||||
Aholisi | oʻzbeklar, tojiklar, turkmanlar, arablar, Buxoro yahudiylari | ||||||
Boshqaruv shakli | mutlaq monarxiya | ||||||
amir | |||||||
- 1756—1758 | Muhammad Rahimbiy | ||||||
- 1758-1785 | [Doniyolbiy]] | ||||||
otaliq | |||||||
- 1785-1800 | Amir Shohmurod | ||||||
amir | |||||||
- 1800-1826 | Amir Haydar | ||||||
amir | |||||||
- 1826-1860 | Amir Nasrullo | ||||||
amir | |||||||
- 1860-1885 | Amir Muzaffar | ||||||
- 1885-1910 | Amir Said Abdulahad | ||||||
- 1910-1920 | Amir Said Olimxon | ||||||
Meros boʻlib oʻtishi | |||||||
← Buxoro xonligi Buxoro Sovet Xalq Respublikasi → |
Buxoro amirligi — (1756-yil 12-dekabr — 1920-yil 2-sentyabr) oʻzbek sulolasi ashtarxoniylar oʻrniga kelgan oʻzbek mangʻitlar sulolasi vakillari oʻzlarini amir deb atashgan. Shunga koʻra, davlat Buxoro Amirligi deb atala boshlangan. 1920-yil Buxoro bosqini natijasida tugatilgan.
1758-yilda Rahimbiy vafotidan soʻng mangʻitlar amirlik taxtiga uning amakisi Miyonkoʻl hokimi Doniyolbiy (1758—1785-yillar) nomzodini surishadi. Lekin u qatʼiy markaziy hokimiyatni saqlab qololmadi. Mangʻitlarning tarafdorlari va gʻanimlari oʻrtasidagi oʻzaro janjallar, joylardagi hokimlarning mustaqillikka boʻlgan intilishlari oʻn yillarga choʻzilib ketdi. 1784-yili Doniyolbiyning boʻshligidan norozi boʻlgan Buxoro ahli qoʻzgʻolon koʻtardi va amir hokimiyatni oʻgʻli Shohmurodga (1785-1800-yillar) topshirdi.