Our website is made possible by displaying online advertisements to our visitors.
Please consider supporting us by disabling your ad blocker.

Responsive image


Buyvollar

Osiyo buyvoli
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Sutemizuvchilar
Turkum: Qoʻshtuyoqlilar
Oila: Quvush shoxlilar
Kenja oila: Bovinae
Triba: Buqalar
Urugʻ: Buyvollar

Buyvollar (Bubalus)quvushshoxlilar oilasiga mansub juft tuyoqlilar urugʻi. Tanasining uzunligi 100—290 sm, dumi 15—90 sm, boʻyi 62—180 sm, ogʻirligi 150—1200 kg. Gavdasi yoʻgʻon, boʻyni va oyoklari kalta va kuchli. Juni kalta va siyrak, dumining uchida shokila hosil qiladi. Buqasining boʻyni ostida terisi osilib turadi. 3 turi: anoa, Osiyo buyvoli va Afrika buyvoli bor (baʼzan 3 ta har xil urugʻga kiritiladi). Osiyo, yaʼni Hind buyvoli (V. arinee) shoxining uzunligi 2 m gacha, oʻroqqa oʻxshash egilgan; asosi kengaygan; Osiyo (Hindiston, Myanma, Xitoyningjan. da, Hindixitoy yarim orol, Kalimantano) va Filippinning Mindanao o.da (mindanao kenja turi) tarqalgan. Baʼzan Mindanao buyvoli alohida tur (V. mindorensis)ra kiritiladi. Afrika buyvoli (V. caffer) Sahroi Kabirdan janubroqda tarqalgan ba'zi oʻrmonlar va chakalakzorlarda, payettekislik va togʻli hududlarda yashaydi. Bitta, baʼzan 2 ta bola tugʻadi. Osiyo buyvoli xonakilashtirilgan, Janubiy Osiyo, Afrika, Jan. Yevropa va Kavkazda suti uchun, baʼzan ishchi hayvon sifatida boqiladi. Osiyo buyvoli baʼzan arni yoki Hindiston buyvoli, Afrika buyvoli esa kaffer yoki qora buyvol deb ham ataladi. Filippin va Osiyo B. Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil kitobiga kiritilgan.


Previous Page Next Page






Акамбашь AB Keubeue ACE Bubalus bubalis AN جاموس الماء Arabic جاموس الماء ARZ Bubalus bubalis AST Гамущ AV Ayadol (Bubalus bubalis) AVK Asiya camışı AZ جامیشلار AZB

Responsive image

Responsive image