Eroniy taqvim yoki Quyoshli hijra (forscha: تقویم هجری شمسی؛ سالنمای هجری خورشیدی) — astronomik quyoshli taqvim (kalendar). Rasmiy taqvim sifatida Eron va Afgʻonistonda qoʻllanadi. Ushbu taqvim mashhur fors faylasufi, matematiki, astronomi va shoiri Umar Xayyom ishtirokida tuzilgan boʻlib, hozirgi vaqtga qadar bir necha marotaba aniqlashtirilgan. Taqvim hijradan yilboshi sifatida andoza olgan boʻlib, biroq klassik islomiy taqvimdan farqli oʻlaroq quyoshli (yoki tropik) yil bilan butunlay toʻgʻri keladi. Shu sababli eroniy taqvim oylari islomiy taqvimdan farqlanib, faqat yilning oʻsha-oʻsha oylariga toʻgʻri keladi. Eroniy taqvimning boshlanishi, kun va tunning tenglashishi kuni — yaʼni Navroʻz bayramidan (21-mart) boshlanadi.