Our website is made possible by displaying online advertisements to our visitors.
Please consider supporting us by disabling your ad blocker.

Responsive image


Formatsiya

Formatsiya (lot. formato — hosil boʻlish) (geologiyada) — hosil boʻlish sharoitlarining umumiyligi bilan oʻzaro bogʻliq boʻlgan togʻ jinslarining tabiiy va qonuniyatli uygʻunligi; Yer poʻsti asosiy strukturaviy zonalari rivojlanishining muayyan bosqichlarida vujudga keladi. "F." terminini dastlab 18-asrda nemis geologi G. Fyuksel muayyan tarkibli va stratigrafik holatli choʻkindi jinslarni ifodalash uchun ishlatgan. Umumiy tektonik rejimning tipiga koʻra platforma, oraliq, geosinklinal F.lar va ularning guruxlari farq qilinadi. F. fatsiyalar va yotqiziklarning genetik tiplari majmuidir. Uning chegaralari vaqt oʻtishi bilan oʻzgarib turadi, turli tiplari har xil yoshdagi yotqiziqlarda takrorlanib, xususiyatini bir oz oʻzgartiradi. F. moddiy tarkibi, tektonik belgilariga koʻra tasniflanadi. Uning litologik, petrografik (magmatik va metamorfik), vulkanogen, rudali va boshqa turlari mavjud. Magmatik F.lar maʼlum geologik sharoitlarda Yer poʻstidagi biron uchastka taraqqiyotining ayrim bosqichlarida hosil boʻlgan magmatik togʻ jinslari toʻplamidan iborat. Metamorfik F. tektonik strukturalarga ega boʻlgan metamorfik togʻ jinslarining paydo boʻlish umumiyligi qonuniyatlariga asosan ajratiladi. Metasomatik F. kam oʻrganilgan. Ruda F.si (xromit, polimetalloltinkvars va boshqalar) magmatik va metasomatik F. bilan uzviy bogʻliq. Bu sohani oʻrganish alohida yoʻnalishni kasb etdi. Iklim sharoitlariga koʻra aridli, gumidli va b; litologikpetrografik asosiy belgilariga koʻra — karbonatli, terrigenli, galogenli, vulkanogenli va boshqa F. va ularning guruxlari ajratiladi. .F.ning tiplari bilan foydali qazilmalarning turlari bogʻliq. Shu sababli, litologiya, paleogeografiya va tektonikada hamda turli foydali qazilmalarning joylashish qonuniyatlarini oʻrganish va ularni qidirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqishda formatsion analizning ahamiyati katta.





Previous Page Next Page






Երկրաբանական ֆորմացիա HY Геологиялық формациялар KK Геологиялык формация KY Геологическая формация Russian

Responsive image

Responsive image