Our website is made possible by displaying online advertisements to our visitors.
Please consider supporting us by disabling your ad blocker.

Responsive image


Gutsul oti

Gutsul oti — yuk tortish va salt minishga moʻljallangan ot zoti. Karpat togʻlari kengliklarida qadimdan oʻtrokdashib qolgan ukrainlar (ruminlar ularni "gutsullar" deb ataydilar) tomonidan chiqarilgan. Turli xil ishlarda foydalanish mumkin. Togʻ sharoitiga oʻta moslashgan. 100—150 kg yuk bilan bir kecha-kunduzda togʻ yoʻllari orqali 100 chaqirim masofani bosib oʻta oladi. Ozuqa va sharoit tanlamaydi. Jussasi kichikroq, tusi jiyron va malla, yagʻrin bal. 132—136 sm, tanasining uz. 137—145 sm, koʻkrak qafasi aylanasi uz. 154—160 sm, toʻpigʻi aylanasi 16—17 sm. Ukrainaning togʻli va togʻ oldi viloyatlarida, Chexiya, Slovakiya, Vengriya, Ruminiya va Avstriyada urchitiladi.


Previous Page Next Page






Qusul atı AZ Гуцул аты BA Гуцульскі поні BE Huculský kůň Czech Huzule German Hucul pony English Hutsul poni EU Huculponi Finnish Huçul French פוני הוצול HE

Responsive image

Responsive image