Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Hindiston Respublikasi भारत गणराज्य Bhārata Gaṇarājya | |
---|---|
Shior: सत्यमेव जयते (Satyameva Jayate) Sanskritcha: Haqiqat hamisha gʻolib | |
Madhiya: जन गण मन (Jana Gana Mana) | |
Poytaxt | Yangi Dehli |
Rasmiy til(lar) | hind, ingliz |
Hukumat | Parlamentlik Respublika |
Ram Nath Kovind | |
Narendra Modi | |
Mustaqillik (Birlashgan Qirollikdan) | |
• Sana |
15-avgust 1947 |
Maydon | |
• Butun |
3,287,590 km2 (7-oʻrin) |
• Suv (%) |
9.6 |
Aholi | |
• 2022-yilgi roʻyxat |
1,413,179,280 (2-oʻrin) |
• Zichlik | 328/km2 |
YIM (XQT) | 2020-yil roʻyxati |
• Butun |
AQSh$3,202 milliard. (4-oʻrin) |
• Jon boshiga |
AQSh$2,338 |
Pul birligi | Hind rupiysi (INR) |
Vaqt mintaqasi | UTC+5:30 |
• Yoz (DST) |
UTC+5:30 |
Qisqartma | IN |
Telefon prefiksi | +91 |
Internet domeni | .in |
|
Hindiston (rasman: Hindiston Respublikasi (Bhārat Gaṇarājya[1]) – Janubiy Osiyodagi davlat. Hududi shimoldan janubga 3 214 km, gʻarbdan sharqqa 2 933 km choʻzilgan. Shimolida Himolay togʻlari, gʻarbda Arabiston dengizi, sharqda Bengaliya qoʻltigʻi bilan oʻralgan. Hindiston tarkibiga Arabiston dengizidagi Lakkadiv va Amindiv orollari, Bengaliya qoʻltigʻidagi Andaman va Nikobar orollari ham kiradi. Maydoni – 3 287 263 km2 (1 269 219 sq mi[2][3], dunyoda 7-o‘rin). Aholisi – 1 463 865 525[4] kishi (2025-yil 7-yanvar, dunyoda 1-o‘rin). Poytaxti – Nyu-Dehli. Maʼmuriy jihatdan 28 ta shtat va 8 ta ittifoq hududidagi bo‘linadi.
Rabindranat Tagor tomonidan dastlab bengal tilida yaratilgan Hindiston Davlat madhiyasi Jana Gana Mana 1950-yil 24-yanvarda Ta’sis Assambleyasi tomonidan Hindistonning Davlat madhiyasi sifatida uning hindcha versiyasida qabul qilingan.