Hindiston Respublikasi भारत गणराज्य Bhārata Gaṇarājya | |
---|---|
Shior: सत्यमेव जयते (Satyameva Jayate) Sanskritcha: Haqiqat hamisha gʻolib | |
Madhiya: जन गण मन (Jana Gana Mana) | |
Poytaxt | Yangi Dehli |
Rasmiy til(lar) | hind, ingliz |
Hukumat | Parlamentlik Respublika |
Ram Nath Kovind | |
Narendra Modi | |
Mustaqillik (Birlashgan Qirollikdan) | |
• Sana |
15-avgust 1947 |
Maydon | |
• Butun |
3,287,590 km2 (7-oʻrin) |
• Suv (%) |
9.6 |
Aholi | |
• 2022-yilgi roʻyxat |
1,413,179,280 (2-oʻrin) |
• Zichlik | 328/km2 |
YIM (XQT) | 2020-yil roʻyxati |
• Butun |
AQSh$3,202 milliard. (4-oʻrin) |
• Jon boshiga |
AQSh$2,338 |
Pul birligi | Hind rupiysi (INR) |
Vaqt mintaqasi | UTC+5:30 |
• Yoz (DST) |
UTC+5:30 |
Qisqartma | IN |
Telefon prefiksi | +91 |
Internet domeni | .in |
|
Hindiston (hindcha: भारत [Bharat], inglizcha: India), Hindiston Respublikasi (hindcha: भारत गणराज्य [Bhārat Gaṇarājya], inglizcha: Republic of India) — Janubiy Osiyodagi davlat. Hududi shimoldan janubga 3214 km, garbdan sharqqa 2933 km choʻzilgan. Shimolida Himolay togʻlari, garbda Arabiston dengizi, sharqda Bengaliya qoʻltigʻi bilan oʻralgan. Hindiston tarkibiga Arabiston dengizidagi Lakkadiv va Amindiv o.lari, Bengaliya qoʻltigʻidagi Andaman va Nikobar orollari ham kiradi. Maydoni 3,3 mln. km². Aholisi 1 mlrd. 352 mln. kishi (2018). Poytaxti — Yangi Dehli shahri. Maʼmuriy jihatdan 28 shtat va 8 ittifoq hududiga boʻlinadi.Shtatlar va ittifoq hududlari oʻz navbatida tumanlarga va kichikroq maʼmuriy birliklarga boʻlinadi.