Ibn Qoyyim al-Javziya | |
---|---|
![]() | |
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | 29-yanvar 1292-yil (hijriy 691-yil) |
Vafoti |
15-sentyabr 1350-yil (58 yoshda) (hijriy 751-yil) |
Dini | Islom |
Era | Islom oltin davri |
Hudud | Shom |
Yurisprudensiya | Hanbaliylik |
Asosiy qiziqish(lar)i | Fiqh, aqida, hadis, zohidlik |
Kasbi | Ulamo, faqih, muhaddis |
Ibn Qoyyim al-Javziya (toʻliq ismi: Abu Abdulloh Shamsiddin Muhammad ibn Abu Bakr ibn Ayub ibn Saʼd ibn Har az-Zuaʼi ad-Dumshashiy al-Hanabliy; (1292-yil 29-yanvar – 1350-yil 15-sentyabr; hijriy 691-yil – 751-yil) – faqih, hadis olimi, tarjimon, mujtahid musulmon olimi va hijriy VIII asrning birinchi yarmidagi hanbaliy mazhabining koʻzga koʻringan imomlaridan biri hisoblanadi.
Ibn al-Qoyyim hanbaliy mazhabida oʻsgan. Uning otasi „Abu Bakr ibn Ayub Az-Zariy“ „Javziya hanbaliy mazhabi“ning mudiri boʻlib, katta boʻlib, shayx Ibn Taymiya bilan aloqada boʻlgach, uning ilmiy hayotida oʻzgarishlar yuz berdi. U oʻz ijtihodi orqali fatvolar berib hanbaliy mazhabidagi turli masalalarni ochiqlagan olimdir. Oʻz ijtihodlarida sunnat, keyin sahobalarning fikrlari va salaflarning taʼsiriga koʻra fikr bildirgan. Ulamolar uni mujtahidlardan deb bilishgan.
Ibn al-Qoyyim hijriy 691-yilda (milodiy 1292-yilga toʻgʻri keladi) tugʻilgan. U Damashq shahrida ulgʻayib, yoshligidan ilm izlashga kirishgan. U koʻplab shayxlardan turli ilmlarni oʻrgangan. Ibn Taymiya shayxlarining eng koʻzga koʻringanlaridan biri edi. U bilan hijriy 712-yil (1313 yilda) uchrashgan, keyinchalik 728- (1328-) yil vafotigacha u bilan birga boʻlgan. U bilan oʻtkazgan vaqt mobaynida undan koʻp ilm oldi, taʼlimotini kengaytirdi, uni qoʻllab-quvvatladi, kitoblarini takomillashtirdi. U bilan 17 yil birga yashadi. Ibn Qoyyim al-Javziya hijriy 743- yilda „Javziyya maktabi“da imomlikka kirgan va „Sadriyan maktabi“da dars bergan.
Ibn Qoyyim shayxning qabrlarini ziyorat qilishi tufayli, Amir bilan sayohat qilishni rad etgani uchun hijriy 726-(milodiy 1326-yil) Shaʼbon oyida Ibn Taymiya bilan birga qamoqqa tashlangan va ancha vaqt kuch bilan ushlab turilgan. Keyinchalik shu tufayli sogʻligda koʻplab muammolar paydo boʻlgan. U hijriy 728-yil zilhijja oyining 20- kunida ozod qilindi, bu vaqtda Ibn Taymiya vafot etgandi. Tarixchilar u zot qozilar bilan muammolarga duch kelganini, jumladan, hijriy 746- yilning robiyul avval oyida tahlilchisiz otlar oʻrtasida poyga oʻtkazish joiz degan fatvosi tufayli koʻplab muammolar vujudga kelgan. Bir soʻz bilan uchta taloq bir taloq hisoblanadi, degan fatvosi tufayli qozilar bilan ham muammolarga duch kelgan. Hijriy 751-yil 13 rajabda oltmish yoshida vafot etdi va Damashqdagi Bob as-Sagʻir qabristoniga dafn qilindi.
Ibn al-Qayyim taʼlimotida Ibn Taymiyaning usulidan foydalangan. Usul al-fiqh, uning kelib chiqishi, hadis terminologiyasi va boshqa masalalarda ham alohida fikrlarga ega edi. U nasriy sheʼrlari bilan bir qatorda aqida, fiqh , tafsir, taʼrif, nahvga oid asarlari bilan mashhur.
Ibn Qayyim al-Javziya oʻz davrida katta mujtahid imomlar qatoridan boʻlib koʻplab shogirtlar yetishtirgan, u kishining koʻplab usullari keng miqiyosda foydalanilgan. Uning taʼsiri keyinchalik islom olamining asosiy yerlarida shayxi Ibn Taymiya taʼlimoti kabi ahamiyatga ega boʻldi. Hijriy XII asrda paydo boʻlgan Muhammad ibn Abdulvahhob harakati Ibn Taymiya daʼvatining davomi hisoblanadi. Muhammad ibn Abdulvahhob uning ilmiy qarashlarini davom ettirib koʻplab talabalarni oʻziga jalb qilgan. Uning kitoblariga va Ibn al-Qoyyim kitoblarining nashr ettirib, mamlakat boʻyicha tarqtilishiga ham koʻp harakat qilgan. Hindiston yarim orolida ham ularning kitoblarining taʼsiri koʻplab ilm talabalarida namoyon boʻldi va ularning kitoblari u yerdagi olimlar tomonidan nashr etildi.