Our website is made possible by displaying online advertisements to our visitors.
Please consider supporting us by disabling your ad blocker.

Responsive image


Kaltakesaklar

Kaltakesaklar, sudralib yuruvchilar sinfining kenja turkumi. 2000 tacha turi bor. Gekkonsimonlar, tangacha oyoqlilar, agamalar, iguanalar, urchuqsimonlar, zahartishlilar, echkemarsimonlar, amfisbenalar, asl kaltakesaklar, ssinksimonlar kabi oilalarga boʻlinadi. K.ning tana shakli turli-tuman. Besh barmoqli oyoqlilari ham, oyoqsizlari ham uchraydi. Oyoqsiz K.da toʻsh suyagi va oyok kamari saqlangan. K. keng tarqalgan. Oʻzbekistonda ularning 38 turi, mas, fotmanchiq, echkemar, toshkaltakesak, kunkargʻar, sariq ilon, bot-bot, qizilquloq va hokazo bor. Asl kaltakesaklar oilasi mazkur turkum uchun tipik vakildir. Bu oilaning 156 tacha turi bor. Ular 21 ta uruqqa kiradi. Gavdasi silindr shaklida; boʻyni yaqqol ajralib turadi; dumi uzun va uziluvchi; oyoqlari yaxshi rivojlangan; boshi va qorni qalqonlar, gavdasi tangachalar bilan qoplangan. Dumidagi tangachalar halqa shaklida. Quloq teshigi bor. Afrika, Osiyo va Yevropaning serquyosh, issiq mintaqalarida yashaydi. Oʻzbekistonda yozda kun qiziganda uyalariga (salqin joylarda) kirib oladi. Qishda (noyabrdan martgacha) karaxt boʻladi. Tuxum qoʻyadi; tuxumdan tirik tugʻuvchi turlari ham bor. Hasharot va b. jonivorlar bilan oziqlanib, koʻp foyda yetkazadi. Yugurdak kaltakesak, tirik tugʻar kaltakesak, Oʻzbekistonda keng tarqalgan ildam kaltakesakcha va hokazolar shu oilaga kiradi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Previous Page Next Page






Akkedis AF እንሽላሊት AM Lacertilia AN سحلية Arabic زرمومية ARY سحليه ARZ Lacertilia AST Jararankha AY کرتنکله AZB Кеҫәрткеләр BA

Responsive image

Responsive image