Koinot (qadimgi yunoncha: κόσμος, /ˈkɒzmɒs/, AQSh shuningdek /-moʊs, -məs/)[1] – makon va zamonda bepoyon borliq, cheksiz moddiy olam. Bu oʻrinda „kosmos“ soʻzidan foydalanish olamni murakkab va tartibli tizim yoki mustaqil birlik sifatida koʻrishni anglatadi[2]. Har xil alohida jismlarni, ularning sistemalarini, moddalarning harakati jarayonida vujudga keladigan kosmik obyektlarni (Yerga qaraganda bir necha million marta katta) oʻz ichiga oladi. Olamda sodir boʻladigan turli hodisalar oʻzaro bogʻliq va bir-birini taqazo etadi. Ular fazo va vaqtga bogʻliq holda rivojlanadi. Bu aloqalarga boʻysunadigan qonuniyatlarni oʻrganish tabiatshunoslikning asosiy vazifasidir. Moddaning koinotda makon va zamonda taqsimlanishi, turli kosmik jismlar va ularning tizimlari astronomiyada, koinotning umumiy tuzilishi, oʻtmishi va kelajagiga oid masalalar kosmologiyada oʻrganiladi.