Our website is made possible by displaying online advertisements to our visitors.
Please consider supporting us by disabling your ad blocker.

Responsive image


Madrid

Madrid
Bayrogʻi Gerbi
Joylashishi
Tashkil qilinishi VIII asr
Viloyat Madrid viloyati
Aholi
Zichlik
3,228,359 (2005)
5,198 kishi/km²
Ona tillari Ispancha
Shahar hokimi Alberto Ruiz-Gallardón
Web sayti www.munimadrid.es

Madrid — Ispaniya poytaxti, Madrid provinsiyasining va Yangi Kastiliya tarixiy viloyatining bosh shahri. Mamlakatning asosiy siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. Mansanares daryosi (Taxo havzasi) boʻyida, Meseta platosida, 650 m balandlikda joylashgan. Iklimi quruq subtropik iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 4,9°, iyulniki 24,2°. Yillik yogʻin 420 mm. Transport yoʻli va avtomobil yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Aholisi 2,8 mln. kishi (1998).

M. ilk bor qoʻlyozmalarda 932 yilda qayd etilgan.M. oʻrnida Yu-asraa mavr-ush/jing Majirit nomli qalʼasi boʻlgan. 1083-yilda arablardan ozod etilgan va 1118-yildan erkin shahar huquqi berilgan. 14—15-asrlarda Kastiliya qirollari qarorgohi. 1561-yildan Ispaniyaning rasmiy poytaxti.

M. va uning atrofidagi korxonalar mamlakatda ishlab chiqariladigan mahsulotning 1/10 qismini beradi. Shahar sanoatining yetakchi tarmogʻi — mashinasozlik (avtomobilsozlik, samolyotsozlik, lokomotivsozlik), elektrotexnika (optika priborlari, radiotexnika va telefon jihozlari, qishloq xoʻjaligi qurollari ishlab chiqarish). Kime (jumladan, plastmassa ishlab chiqarish), qurilish materiallari, poligrafiya, kimyo-farmatsevtika, toʻqimachilik, koʻnpoyabzal, farfor-fayans va boshqa sa-noat korxonalari bor. Badiiy xunarmandchilik (kashta tikish, toʻr toʻqish, zargarlik buyumlari tayyorlash va boshqalar) rivojlangan. M.da yirik korxonalar boshqarmasi, banklar, sugʻurta kompaniyalari, savdo firmalari va birjalar joylashgan. M. — xalqaro turizm markazlaridan. Untlar, Mariya Kristina qirollik kollegiumi, konservatoriya, sanʼatshunoslik va boshqa oʻquv mu-assasalari, Qirollik akademiyasi, ilmiy tadqiqot institutlari, astronomiya rasadxonasi, botanika bogʻi, kutubxonalar, Prado muzeyi, Milliy arxeologiya, sanʼat va boshqa muzeylar bor. Metropoliten qurilgan. Meʼmoriy yodgorliklardan yepiskop ka-pellasi (1520), Pla sa Mayor ansambli (1619), Kirol saroyi (1738—64), cherkovlar, ratusha (17—18-asrlar) va boshqa saqlangan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Previous Page Next Page






Мадрид AB Madrid ACE Мадрид ADY Madrid AF Madrid ALS ማድሪድ AM Madrit AN Madrid ANG مدريد Arabic ܡܕܪܝܕ (ܡܕܝܢܬܐ) ARC

Responsive image

Responsive image