Our website is made possible by displaying online advertisements to our visitors.
Please consider supporting us by disabling your ad blocker.

Responsive image


Mintaqa

Mintaqa – Yer yuzasining tabiiy geografik kenglik zonalligining eng yuqori bosqichi. Yer poʻsti yoki geografik qobiqning biror jihatdan oʻxshash boʻlgan, kenglik boʻylab choʻzilgan nisbatan kambar qismi. Mintaqa shartli boʻlishi (mas, soat mintaqalari) yoki bir va yoki bir necha belgilari (mas, vulkan, tektonik, issiqlik mintaqalari) bilan farq qilishi mumkin. Tabiiy geofafiyada mintaqa – yuqori zonal taksonomik geografik birlik (qarang Geografik zona).

mintaqa tabiatga taʼsir etuvchi asosiy omillarning qonuniy oʻzgarishi oqibatida hosil boʻladi. Masalan, Quyoshdan keladigan radiatsiya ekvatordan shimol va janub tomonlarga kamaya borishidan issiqlik mintaqalari vujudga keladi. Kenglik mintaqalari bilan bir qatorda balandlik (vertikal) mintaqalari ham boʻladi (qarang Geografik mintaqa). Balandlikka koʻtarilgan sari havo temperaturasi, namligi, tiniqligi va bosimi oʻzgaradi. B. tabiat komplekslarini oʻzgarishiga olib keladi (qarang Balandlik mintaqalari).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Previous Page Next Page






Rechión AN منطقة Arabic Rexón AST Region AZ منطقه AZB Rehiyon BCL Рэгіён BE Рэгіён BE-X-OLD Регион Bulgarian प्रदेश BH

Responsive image

Responsive image