Netflix | |
---|---|
Joriy holati | Faol |
Tijoratmi | Ha |
Roʻyxatdan oʻtish | Majburiy |
Roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar soni | 277,7 million (18-aprel, 2024-yil holatiga koʻra)[1] |
Muassisi | Netflix, Inc. |
Ochilgan sanasi |
29-oktyabr, 1997-yil 16-yanvar, 2007-yil (striming ximati sifatida) | (DVD e-tijoriy koʻrinishda)
Joylashuv | Los Gatos, Kaliforniya, AQSh |
Mamlakat | AQSh |
URL | netflix.com |
Netflix – filmlar va teleseriallar striming xizmati. Xizmat turli janrlar va tillarda keng koʻlamli filmlar, seriallar va teledasturlarni taqdim etadi[2].
Netflixga 1997-yilning 29-avgustida Marc Randolph va Reed Hastings tomonidan Kaliforniya shtatining Scotts Valley shahrida asos solingan. Kompaniya avvalboshda ijara uchun toʻlov modelidan foydalanib, pochta orqali DVDlarni mijozlarga yetkazib berish bilan shugʻullangan. 1999-yildan boshlab obunachilarga asoslangan modelga oʻtgan[3]. 2007-yilning yanvarida esa oqimli multimedia xizmatini yoʻlga qoʻygan[4]. 2024-yil iyul holatiga koʻra, Netflix jahonning 190 dan ortiq mamlakatida 277,7 milliondan ziyod pullik obunachilarga ega[1][5]. 2023-yil oktyabr holatiga koʻra esa dunyoning 23-eng koʻp kiriluvchi veb-sayti hisoblanadi[6][7].