Our website is made possible by displaying online advertisements to our visitors.
Please consider supporting us by disabling your ad blocker.

Responsive image


Neyro-gumoral regulyasiya

Neyro-gumoral regulyasiya (neyro... va lot. humor — suyuqlik) — odam va yuqori rivojlangan hayvonlar organizmining aʼzo, toʻqimalari faolligi va fiziologik jarayonlarini nerv sistemasi va gumoral omillar (kon, limfa va toʻqima suyukligidagi biologik faol moddalar) taʼsi-rida boshqarilishi. N.g.r. sistemasi organizmning oʻzgaruvchan muhit sharo-itida normal ishlashini taʼminlab beradi.

Nerv regulyasiyasi filogenetik nuqtai nazardan gumoral regulyasiyat nisbatan ancha yosh. Tuban organizmlarda alohida hujayralar va aʼzolarning oʻzaro aloqasini almashinuv jarayonlarida ishlab chiqariladigan kimyoviy moddalar (metabolitlar) amalga oshi-radi. Evolyusiya davomida toʻqima, aʼzolarning murakkablashishi va differensiyalashishi natijasida yangi gumoral omillar (mediatorlar, gormonlar va sitokinlar) hosil boʻldi va gumoral sistema nerv sistemasi bilan oʻzaro bogʻlanib bordi, natijada, N.-g.r. sistemasi vujudga keldi. Bunda nerv sistemasi biologik faol moddalarning sintez qilinishiga taʼsir etadi (Mas, gipotalamusgipofiz gormonlarining hosil boʻlishiga taʼsir koʻrsatadi, bu omillar qalqonsimon bez, jinsiy va buyrak usti bezlarini faollashtira-di). Oʻz navbatida gumoral omillar nerv sistemasiga ikki xil taʼsir koʻrsata-di: 1) reflektor, yaʼni qon, limfa va toʻqima suyuqliklaridagi biologik faol omillar nerv sistemasining interoretseptorlarini "qitiqlaydi"; 2) bevosita taʼsir, bunda biologik faol moddalar toʻgʻridan-toʻgʻri nerv hujayralariga taʼsir koʻrsatadi (Mas, almashinuv jarayonida hosil boʻladigan SO2 bosh miyaning nafas olish sistemasiga taʼsir koʻrsatib, uni faollashtiradi).


Previous Page Next Page








Responsive image

Responsive image