Our website is made possible by displaying online advertisements to our visitors.
Please consider supporting us by disabling your ad blocker.

Responsive image


Niger-kongo tillari

Niger-kongo tillarinigerkordofan tillari makrooilasiga mansub til oilasi. Afrikaning Sahroi Kabir jan.rogʻidagi katta hududda (Markaziy Sudan, Sharqiy va Janubiy Afrikaning baʼzi mintaqalari bundan mustasno) keng tarqalgan. Umuman, bu tillarda 300 mln. dan ortiq kishi soʻzlashadi. Son-sanoqsiz katta-kichik tillardan iborat. Niger-kongo tillari amerikalik tilshunos J. Grinberg tasnifi boʻyicha 6 ta kichik oilaga boʻlinadi: 1) gʻarbiy atlantika tillari; 2) mande tillari; 3) gur (volta) tillari; 4) kva (gvineya) tillari; 5) benue-kongo tillari; 6) adamaua-sharqiy (adamaua-ubangi) tillari (oilachalar gʻarbdan sharqqa qarab sanalgan). Boshqa olimlarning fikricha, bu tasnif shartli, taxminan xususiyatga ega, chunki gʻarbiy atlantika va mande tillari oilachalari boshqalaridan sezilarli farqutanadi; aksincha, kva tillari benua-kongo tillariga juda yaqin turadi. Niger-kongo tillaridan akan, bamana, volof, zande, igbo, yoruba, lingala, malinke, nyanja, rundi, sango, suaxili, fula, shona, eve kabilar 2,5 mln.dan 20 mln.gacha soʻzlashuvchisi boʻlgan tillardir. Niger-kongo tillarining baʼzi xususiyatlari va yozuvlari haqida (qarang Nigerkordofan tillari.)[1]

  1. "Niger-kongo tillari" OʻzME. N-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Previous Page Next Page