Our website is made possible by displaying online advertisements to our visitors.
Please consider supporting us by disabling your ad blocker.

Responsive image


Noib

Noib (arabcha — oʻrinbosar, yordamchi) — oʻrta asrlarda musulmon davlatlarida tobe oʻlka yoki viloyat hokimi. Noiblar, odatda, oliy hukmdorning oʻrinbosari hisoblangan.

Oltin Oʻrdada noib xonning yirik viloyatlaridagi yordamchisi (Masalan, Xorazmda).

  1. Muhammad Xorazmshoh toʻngʻich farzandi Jaloliddin Manguberdiga Gʻazni, Bomiyon, Gʻur, Bust, Takinobod, Zamindavor hamda qoʻshni Hind yerlarini boshqarishga bergan, biroq Jaloliddinni Urganchdan uzoqlashtirmaslik maqsadida Quzbar Malikni nomi zikr etilgan mamlakatlarga shahzodaning noiblari etib yuborgan.
  2. Amir Temur saltanatida sohibqironning farzandlari, nevaralari, yaqin safdoshlari turli oʻlka va viloyatlarga noib etib tayinlangan. Noib unga ishonib topshirilgan hududning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy holati uchun masʼul hisoblangan.
  3. Ozarbayjonda Oktabr inqilobidan (1917) oldingi mahallalar (magallar) boshligʻi.
  4. Usmonli turklar sultonligida qozi va mulla oʻrinbosari.
  5. XX asrda noib atamasi Eron va Afgʻonistonda turli harbiy unvonlarni anglatgan (Masalan, "noy-yebe avval" — katta leytenant, "noyebe sarhang" — podpolkovnik)[1].
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Previous Page Next Page






وصي العرش Arabic وصى عرش ARZ Regent AZ نائیب‌السلطنه AZB Рэгент BE Регент Bulgarian Regent BS Regent Catalan Regent Czech Regent Danish

Responsive image

Responsive image