Olmaota qozoqcha: Алматы́ | |
---|---|
respublika ahamiyatiga ega shahar | |
43°15′0″N 76°54′0″E / 43.25000°N 76.90000°E | |
Mamlakat | Qozogʻiston |
Hukumat | |
• Akim | Sagintaev Bakitzhan Abdirovich |
Asos solingan | 1854 |
Avvalgi nomlari | Alma-Ata, Almatu |
Maydon | 682[1] km2 (263 kv mi) |
Markazi balandligi | 506 m |
Rasmiy til(lar)i | qozoqcha |
Aholisi (2014) |
1,600,000[2] |
Zichligi | 2,346 kishi/km2 |
Milliy tarkib |
qozoqlar 70 % ruslar 20% uyg'urlar 5,45 % koreyslar 1,84 % tatarlar 1,33 % ozarbayjonlar 0,72% oʻzbeklar 0,65% ukrainlar 0,56% dunganlar 0,55% olmonlar 0,41 % |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +7 727[3] |
Pochta indeks(lar)i | 050000—050063[4] |
Avtomobil kodi | A, 02 |
|
Olmaota yoki Almati (qozoqcha: Алматы́) (1921-yilgacha Verniy; oʻrta asrlarda Almatu) — Qozog'istonning eng katta shahri. 1929 — 1998-yillarda mamlakat poytaxti. Temir yoʻl va avtomobil yoʻllari tuguni, 2 aeroport bor. Orqa Ili Olatovi tizmasining shimoliy yon bagʻri etaklarida, 650- 950 m balandlikda,Tyan-Shan togʻining shimolida, Qozogʻiston Respublikasining janubiy-sharqida joylashgan. Yanvarning oʻrtacha haroratii — 8 °C, iyulniki 22,9 °C. Almati shahrida 1,434,755 kishi istiqomat qiladi (2011). Almatining YaIMi 2010-yili 18,8 mlrd AQSh dollarini, har bir kishi boshiga hisoblaganda 19 ming AQSh dollarini tashkil qilib, Qozog'istonning YAIM ining beshdan bir qismini tashkil qiladi.