Our website is made possible by displaying online advertisements to our visitors.
Please consider supporting us by disabling your ad blocker.

Responsive image


Shamollash

Shamollash – organizm sovqotishi oqibatida kelib chiqadigan oʻtkir respirator kasalliklarning umumiy nomi. Havo haroratining pasayishi, namligining ortishi va boshqa omillar shamollashga sabab boʻlishi mumkin. Shamollash kishining kuch-quvvatini va organizmning mikroblarga qarshi kurashish qobiliyatini susaytiradi. Shamollash deganda koʻpincha nafas yoʻli kasalliklari: tumov, katar, bronxit, zotiljam, gripp va boshqalar tushuniladi. Shamollagan kishining eti uvishadi yoki sovqotadi, aksiradi, burni achishib suv keladi, isitmasi chiqadi, boshi ogʻrib, lohas boʻladi, darmoni quriydi.

Biror aʼzo shamollaganda koʻpincha uning nerv tomirlari va muskullari yalligʻlanib ogʻriydi, masalan, radikulit, ishias, mialgiya, nevralgiya, yuz nervi falaji va hokazo. Shamollash organizm sezuvchanligining ortishi bilan kechadigan (allergik) kasalliklar, masalan, boʻgʻim revmatizmi, ayrim surunkali xastaliklarga, masalan, surunkali nefrit va boshqalar zoʻriqishiga sabab boʻladi.


Previous Page Next Page






Verkoue AF Erkältung ALS Refriau común AN زكام Arabic رواح ARY পানীলগা জ্বৰ AS Resfriáu común AST Thayjata AY Zökəm AZ زؤکام AZB

Responsive image

Responsive image