Our website is made possible by displaying online advertisements to our visitors.
Please consider supporting us by disabling your ad blocker.

Responsive image


Sirena

Sirena (fransirena sirene) — katta intensivliqdagi tovush toʻlqinlari tarqatadigan akustik asbob. Unda kuch bilan otilib chiqayotgan gaz (havo) yoki bugʻ oqimi teshikteshik disk bilan yoki votkana usulda toʻsiladi. Shunda chiyillagan yoki chinqirgan tovush hosil boʻladi. Ish tarziga kura. sirena dinamik (aylanuvchi) va pulslanuvchi xillarga boʻlinadi. Dinamik sirena kengroq tarqalgan. Bunday sirenaning radial va oʻqaviy xillari bor. Radial sirenada gaz (havo) oqimi oʻqqa perpendikulyar ravishda radius boʻyicha yoʻnaladi, oʻqaviy sirenada oqim aylanish oʻqiga mos keladi. sirenaning quvvati oʻnlarcha kVt ga yetishi mumkin. sirena mayoklar, kemalar, parovozlar va boshqalarda, aholini xavfxatardan ogoxlantirish uchun ishlatiladi.




Previous Page Next Page