Our website is made possible by displaying online advertisements to our visitors.
Please consider supporting us by disabling your ad blocker.

Responsive image


Tavof

Tavof (arab. — atrofida aylanmoq) — Kaʼba atrofida aylanish jarayoni. Haj va umra marosimlari tarkibiga kiradi. Umra qiluvchilar 1 marta, hajga kelganlar 3 marta T. amalini ado etadi. Boshqa paytlarda ham, ayniqsa, juma kunlari va ramazon oyida, Makka axli va uning mehmonlari Kaʼbaga yuksak izzatehtirom yuzasidan uni T. qiladi. T.ning shartlari namoznint shartlari kabidir. T. qilishda Kaʼbaga yaqinlashilgach, uning Qora tosh joylashtirilgan burchagiga kelib, qoʻlini unga qarata choʻzadi va imkoniyat boʻlsa oʻpadi. Soʻng Kaʼba atrofida soat miliga qarshi tarzda 7 marta aylaniladi. Har safar maxsus duolar oʻqilib, gunoxlar kechirilishi soʻraladi.


Previous Page Next Page






طواف Arabic Təvaf AZ Тауаф BA Таваф BE Тауаф Bulgarian তাওয়াফ Bengali/Bangla Tavaf BS ТӀаваф CE تەواف CKB Tawaafu DAG

Responsive image

Responsive image