Termiz | |
---|---|
shahar | |
37°13′01″N 67°17′10″E / 37.21694°N 67.28611°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Surxondaryo viloyati |
Rasmiy til(lar)i | O'zbek |
Aholisi | 201 604 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Pochta indeks(lar)i |
![]() |
Avtomobil kodi | 75-79 |
|
Termiz (forscha: ترمذ [Tarmiδ] > Ταρμιδδιγο> qad.-eron. *tara-maiθa- ʻoʻtish qismiʻ[1])-Oʻzbekiston Respublikasining Surxondaryo viloyatidagi shahar. Amir Temur ordeni sohibi[2].
Viloyat markazi Amudaryoning oʻng sohilida, Oʻzbekistonning janub qismida, Afgʻoniston chegarasiga yaqin, oʻrtacha 310 m balandlikda joylashgan. Xalqaro daryo porti. Temir yoʻl stansiyasi. Toshkentdan 708 km. Maydoni 27,8 km². Aholisi 201.6 ming kishi (2024). Iqlimi kontinental, issiq va quruq, yozi jazirama issiq (Oʻzbekistondagi eng issiq shahar – eng yuqori temperatura 50-60c°, hozirgi kunda), qishi iliq va qisqa. Yillik oʻrtacha temperatura 16-18°. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 2,8-3,6, iyulniki 35-40°. Baʼzida, qishda sovuq – 18° va undan ham past boʻlishi mumkin. Yillik yogʻin 133 mm.[3] Termiz shahri logistika uchun strategik nuqta sanaladi.