Tiva (Tuva), Tiva Respublikasi — Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi respublika. Osiyo markazida, Sharqiy Sibir janubida joylashgan. Maydoni 170,5 ming km². Aholisi 337 ming kishi (2024). Poytaxti – Qizil sh. Maʼmuriy jihatdan 16 tuman, 5 shahar, 2 shaharchaga boʻlinadi.[1]