Tokyo Skytree | |
---|---|
東京スカイツリー | |
Umumiy maʼlumot | |
Maqomi | Tugallangan |
Joylashuvi | Tokio |
Manzili | Sumida, Tokio, Yaponiya |
Mamlakat | Yaponiya |
Koordinatalar | 35°42′36″N 139°48′39″E / 35.7101°N 139.8107°E |
Qurilishi boshlangan | 14-iyul, 2008-yil |
Qurilishi tugagan | 29-fevral, 2012-yil |
Narxi | JPY ¥ 65milliard |
Egasi | Tobu Railway |
Balandligi | |
Antenna / Shpil | 634 m |
Tomi | 495 m |
Texnik holati | |
Qavatlar soni | 32 qavat (yer ustida), 3 qavat (yer ostida) |
Liftlar soni | 13 |
Dizayn va konstruksiya | |
Meʼmor | Nikken Sekkei |
Arxitektor firma | Tobu Railway |
Asosiy pudratchilar | Obayashi Corporation |
tokyo-skytree.jp/en/ | |
Tokyo Skytree |
Tokyo Skytree (yaponcha: 東京スカイツリ – Tōkyō Sukaitsurī, oʻzbekcha: Tokio osmon daraxti) — Yaponiyaning Tokio shahri Sumida qismida joylashgan dunyodagi eng baland teleminora[1]. Dunyoda Burj Xalifa va Merdeka 118 binolaridan soʻng uchinchi eng baland imorat.
Teleminoraning antenna bilan qoʻshib hisoblaganda boʻyi 634 metrni tashkil etadi, bu Tokio televizion minorasidan deyarli ikki baravar baland demakdir[2].
Imorat balandligi maxsus 6 (eski yapon tilida „mu“), 3 („sa“) va 4 („shi“) raqamlaridan kelib chiqib tanlangan. Musashi – zamonaviy Tokio oʻrnida joylashgan qadimgi hududning nomidir[3].
Qurilish ishlari 2012-yilga kelib yakunlangan.
Minora qurilish jarayoni mobaynida Yangi Tokio minorasi nomi bilan ham tanilgan. „Tokyo Sky Tree“ nomi esa 2008-yil apreldan may oyigacha internetda oʻtkazilgan soʻrovnomaga koʻra tanlab olingan.