Our website is made possible by displaying online advertisements to our visitors.
Please consider supporting us by disabling your ad blocker.

Responsive image


Umar Xayyom

Umar Xayyom
Asl ismi forscha: امر خیام
Tavalludi 18-may 1048-yil
Vafoti 4-dekabr 1131-yil(1131-12-04)
(83 yoshda)
Nishopur, Eron
Kasbi shoir, olim, matematik, faylasuf,fizik
Ijod qilgan tillari Fors tili[1]
Fuqaroligi Eron

Umar Xayyom (taxallusi; asl ism-sharifi Gʻiyosiddin Abulfath Umar ibn Ibrohim Xayyom Nishopuriy) (1048.18.5, Nishopur – 1131.4.12) – matematik, astronom, faylasuf, hakim,fizik va mutafakkir shoir.

Nishopurda boshlangich maʼlumotni olgach, Balx, Buxoro va Samarqandda tahsil koʻrgan. Malikshoh va Nizomulmulk (1019-1092) daʼvati bilan 1074-yilda Isfahonda rasadxona qurdirgan va unga rahbarlik qilgan. Yulduzlar jadvali (zij), 1079-yilda yangi isloh qilingan taqvim (kalendar) tuzgan. Bu taqvim Yevropada undan 500 yil keyin joriy qilingan Grigoriy taqvimidan ham aniqroq boʻlgan. Yozuvchi Nabi Jaloliddin oʻzining "Umar Xayyom" romanida bunga toʻliq izoh bergan. Yaʼni Grigoryan taqvimiga koʻra har 3333- yilda bir ortiqcha kun yuzaga keladi. Xayyom kalendarida esa bir kunlik farq 5000-yilda sodir boʻladi.[2]

Umar Xayyom ilmda ham, ijodda ham oʻzini shayx urrais Abu Ali ibn Sinoning hassos va sadoqatli shogirdi hisoblagan. Abu Ali ibn Sino asarlarini tushunmagan kishilar ularni izohlash va sharhlashni undan soʻraganlar. U ustozining bir qator asarlarini arabchadan forschaga tarjima qilib, sharhlab bergan, uning gʻoya va qarashlarini davom ettirgan hamda targʻib qilgan. „Risolat ul-kavn vat-taklif“ („Koinot va uning vazifalari haqida risola“), „Risola fil vujud“ („Borliq haqida risola“), „Risola fi kulliyoti vujud“ („Borliqning umumiyligi haqida risola“) kabi falsafiy asarlarida Ibn Sinoning vorisi va izdoshi sifatida namoyon boʻlgan. 1077-yilda u yunon olimi Yevklid kitobidagi bir necha geometrik shakllarni sharhlab yozgan „Risola fi sharhi mo ashkala min musodarat kitob ul-Iklidis“ („Yevklid kitobi muqaddimalaridagi mushkulotlar sharhi haqida risola“) asarida butun sonlarning ildizini topish yoʻllarini koʻrsatib bergan. „Risola fil barohiyn ala masoyil al-jabr val-muqobala“ ["Algebra va muqobala (qarshilik nazariyasi) isbotlari haqida risola"], „Mushkulot ul-hisob“ („Arifmetika mushkulotlari“) asarlarida u yunon olimlarining aniq fanlarga oid fikrlarini arab tilida keng sharhlash bilan birga, ularning qarashlarini rivojlantirgan, matematik, fizik tenglamalarning modellarini topgan. XII asr fors nasrining nodir namunasi hisoblangan „Navroʻznoma“ asarida Navroʻzning kelib chiqish tarixi, Sharq xalqlarining bu bayram bilan bogʻliq anʼana va marosimlari keng yoritilgan, koʻplab hikoyat va rivoyatlar keltirilgan.

  1. (unspecified title)
  2. Nabi Jaloliddin. "Umar Xayyom" romani. 

Previous Page Next Page






Omar Chajjam AF Omar Khayyām ALS ኦመር ሃያም AM Omar Khayyam AN عمر الخيام Arabic عمر الخيام ARZ ওমৰ খৈয়াম AS Omar Jayam AST Ömər Xəyyam AZ خیام AZB

Responsive image

Responsive image