Yaponiya 日本
| |
---|---|
Madhiya: Kumi ga yo | |
Poytaxt | Tokio |
Eng katta shahar | Tokio, Osaka, Kioto, Nagoya |
Rasmiy til(lar) | yapon tili |
Hukumat | parlamentar-konstitutsiyaviy monarxiya |
• Imperator |
Naruhito |
• Bosh vazir |
Fumio Kishida |
Tashkil topgan | |
• Imperial oilaning boshlanishi |
Mil.avv. 660-yil 11-fevral |
• Meyji konstitutsiyasi qabul qilinishi |
1890-yil 29-noyabr |
• Hozirgi konstitutsiya |
1947-yil 3-may |
Maydon | |
• Butun |
377,8 ming km2 (62-oʻrin) |
• Suv (%) |
1.4 (2015) |
Aholi | |
• 2021-yilgi roʻyxat |
124 840 000 kishi (11-oʻrin) |
• Zichlik | 330/km2 |
YIM (XQT) | 2022-yil roʻyxati |
• Butun |
$ 6.110 trillion (4-oʻrin) |
• Jon boshiga |
$ 48,813 (36-oʻrin) |
YIM (nominal) | 2022-yil roʻyxati |
• Butun |
$ 4.301 trillion (3-oʻrin) |
• Jon boshiga |
$ 38,358 (28-oʻrin) |
Pul birligi | yena (¥) |
Vaqt mintaqasi | UTC +9 |
Qisqartma | JPN |
Telefon prefiksi | +81 |
Yaponiya (yaponcha 日本 Nippon, Nihon) – Sharqiy Osiyoning Tinch okean sohilidan sharqda, kun chiqish tomondagi orollarda joylashgan davlat. Yaponiya hududida 6,8 mingga yaqin orol boʻlib, shimoli-sharqdan janubi-gʻarbga qariyb 9.13 ming km²ga choʻzilgan; Yaponiyaning eng yirik 4 ta orollari: Xokkaydo, Xonsyu, Sikoku va Kyusyu. Yaponiyaning tabiiy boyliklari deyarli juda kam. Davlatning atrofini Tinch okean oʻrab turganligi tufayli mamlakatning tuprogʻida yod moddasi yetarlicha hisoblanadi. Shimolidan Oxota dengizi, sharq va janubi-sharqdan Tinch okean, gʻarbdan Yapon va Sharqiy Xitoy dengizlari bilan oʻralgan. Maydon 377,8 ming km². Aholisi 126 mln. kishi (2021). Poytaxti – Tokio shahri. Yaponiya maʼmuriy jihatdan 47 prefekturaga boʻlinadi.