Our website is made possible by displaying online advertisements to our visitors.
Please consider supporting us by disabling your ad blocker.

Responsive image


Yevro

Evro
Euro
ISO 4217: EUR
Davlat nomi: Yevropa Yevropa Ittifoqi
Simvol:

Yevro yoki Euro – Yevropa Ittifoqi tarkibidagi Yevropa iqtisodiy va pul hamjamiyati aʼzolarining pul birligi. Xalqaro ifodasi Yevropa Ittifoqi 1999-yil 1-yanvardan muomalaga chiqarilgan. 1 Yevro=100sent. 1999-yili 1-yanvardan 2002-yil 1-yanvarga kadar Yevro naqd pulsiz toʻlovlarda ishlatildi, Yevro bilan bir qatorda bu mamlakatlarning milliy pul birliklari ham muomalada yurdi. Yevro muomalaga kiritilishi bilan ilgari shu mamlakatlar oʻrtasida xalqaro toʻlovlarda foydalanilgan ekyu muomaladan chiqarildi va ular ekyuning soʻnggi qiymati (1998-yil 31-yanvar holati) boʻyicha Yevroga tengma-teng almashtirildi.

Ayni paytda milliy pul birliklarining Yevroga nisbatan valyuta kurslari ham belgilandi (mas, 1 Yevro = 1,95583 nemis markasi; 1 Yevro = 1936,27 italyan lirasi; 1 Yevro = 200,482 portugal eskudosi va boshqalari; 1998, 31-dekabr).

2002-yil 1-yanvardan 5,10, 20, 50, 100, 200, 500 Yevro qogʻoz banknotlari, 1,2 Yevro va 1, 2, 5, 10, 20, 50 sentli tangalar muomalaga kiritildi (Yevropa iqtisodiy va pul hamjamiyatiga aʼzo mamlakatlarning eski milliy pul birliklari muo- malasi toʻxtatildi). Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSh dollari = 0.78 Yevro, Oʻzbekiston Respublikasi milliy pul birligi – soʻmga nisbatan 1 Yevro = 2631 soʻm 82 tiyin (2013-yil aprel)[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Previous Page Next Page






Euro AF Euro ALS ዩሮ AM Euro AN يورو Arabic ܐܘܪܘ ARC أورو ARY يورو ARZ ইউৰো AS Euru AST

Responsive image

Responsive image