1-yanvar — Grigoriy taqvimida yilning 1-kuni. Yil yakuniga 364 (kabisa yilida 365) kun qoladi.
← yanvar → | ||||||
Du | Se | Ch | Pa | Ju | Sh | Ya |
1 | 2 | 3 | 4 | 5 | ||
6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 |
13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 |
20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 |
27 | 28 | 29 | 30 | 31 | ||
2025-yil |
Oʻrta Asrlar davomida koʻplab davlatlar Xristian Cherkovi taʼsiri ostida yil boshini biror-bir muhim Xristian bayramlaridan biriga oʻtkazishga majbur boʻlgan. Masalan: 25-dekabr, 1-mart, 25-mart va hattoki Pasxaga. Sharqiy Yevropa davlatlari esa pravoslavlik tufayli yil boshini 988-yildan boshlab 1-sentyabr deb qabul qilishgan.
Angliyada 1-yanvar Yangi Yil bayrami sifatida nishonlangan, lekin 12-asrdan 1752-yilga qadar yil 25-martdan boshlangan. Buning natijasida ingliz Parlamenti arxividagi hujjatlarda Karl I qatl etilgan kun 1648-yilning 30-yanvari deb yozilgan, hozirgi olimlar esa Karl I qatl etilgan kunni 1649-yil 30-yanvar deb qabul qilishgan.
Koʻplab gʻarbiy Yevropa davlatlari yil boshini 1-yanvarga Grigoriy taqvimiga oʻtilmasidanoq koʻchirishgan. Masalan: Shotlandiya 1600-yilda 1-yanvarga oʻtgan. Angliya, Irlandiya va britan koloniyalari yil boshini 1752-yil 1-yanvarda oʻzgartirishgan. Keyinroq shu yili sentyabrda Grigoriy taqvimiga Britaniya va britan koloniyalarida oʻtildi. Bu ikki islohot 1750-yilgi yangicha taqvim qonuni orqali bajarilgan.
Davlatlarda 1-yanvar yil boshiga aylanishi yillar tartibi bilan: