Abu Muslim Harakati


Abbosiylar inqilobi

Xalifalik 750-yilda
Sanalar 747-yil 9-iyun — 750-yil iyul
Urush yeri Katta Xuroson va hozirgi Eron hamda Iroq
Natija Abbosiylar gʻalabasi
Raqiblar
Abbosiylar xalifaligi Umaviylar xalifaligi
Qoʻmondonlar
Ibrohim al-Imom
As-Saffoh
Al-Mansur
Abu Muslim
Qahtaba ibn Shabib 
Hasan ibn Qahtaba
Abdulloh ibn Ali
Marvon II Qatl etildi
Nasr ibn Sayyor 
Yazid ibn Umar Qatl etildi

Abbosiylar inqilobi (arabcha: الثورة العباسية), shuningdek, Qora kiyimlilar harakati (arabcha: حركة رجال الثياب السوداء ḥaraka rijāl ath-thiyāb as-savdāʾ) [1] islom tarixidagi toʻrtta yirik xalifalikdan ikkinchisi boʻlgan Umaviylar xalifaligining (milodiy 661—750) uchinchi yirik xalifalik Abbosiylar xalifaligi (milodiy 750—1258) tomonidan agʻdarilishi voqeasi.

Abbosiylar qoʻzgʻoloni VIII asr oʻrtalarida Xurosonning sharqiy viloyatlarida Umaviylar hukmronligidan norozilik toʻlqini natijasida kelib chiqqan. Abbosiylar Muhammadning amakisi Abbosdan kelib chiqqanini daʼvo qilib, aholi orasidagi turli noroziliklar, jumladan arab boʻlmagan musulmonlarga (mavali) nisbatan kamsitish, ogʻir soliqlar va Umaviy hukmdorlarning beadabliklari haqidagi mish-mishlardan foydalanishdi[2]. Abu Muslim Xurosoniy boshliq qoʻzgʻolon turli guruhlar, jumladan, forslar, amaldagi hukumatdan norozi arablar va shialarni paygʻambar oilasiga hokimiyatni qaytarish shiori ostida birlashtirdi. Inqilobchilar qora rangni oʻz ramzlariga aylantirishdi. Umaviylar kuchlarini magʻlub etib, gʻarbga tomon harakat boshladilar. 750-yil hal qiluvchi Zab jangida Abbosiylar qoʻshini soʻnggi Umaviy xalifa Marvon II ustidan gʻalabaga erishdi. Mazkur gʻalaba Umaviylar sulolasining qulab, Abbosiylar sulolasi hokimiyatining oʻrnatilishiga olib keldi. Yangi sulola hokimiyati esa xalifalik kuch markazining Suriyadan Iroqqa sezilarli darajada siljishi va yangi islomiy boshqaruv davrining boshlanishiga sabab boʻldi[3].

  1. Frye, R. N.; Fisher, William Bayne; Frye, Richard Nelson; Avery, Peter; Boyle, John Andrew. The Cambridge History of Iran (en). Cambridge University Press, 1975. ISBN 9780521200936. 
  2. Marín-Guzmán, Roberto (1994). "THE 'ABBASID REVOLUTION IN CENTRAL ASIA AND KHURĀSĀN: AN ANALYTICAL STUDY OF THE ROLE OF TAXATION, CONVERSION, AND RELIGIOUS GROUPS IN ITS GENESIS". Islamic Studies (Islamic Research Institute, International Islamic University, Islamabad) 33 (2/3): 227–252. ISSN 05788072. http://www.jstor.org/stable/20840168. Qaraldi: 2024-09-16. Abu Muslim Harakati]]
  3. Hala Mundhir Fattah, A Brief History of Iraq, p. 77. New York: Infobase Publishing, 2009. ISBN 9780816057672

Abu Muslim Harakati

Dodaje.pl - Ogłoszenia lokalne