Alisher Navoiy

Bu maqola oʻzbek va boshqa turkiy xalqlarning shoiri Alisher Navoiy haqidadir. Navoiy soʻzining boshqa maʼnolari uchun mana bu sahifaga oʻting.
Alisher Navoiy
chigʻatoycha: علیشیر نوایی
Tavalludi 9-fevral 1441-yil
Vafoti 3-yanvar 1501-yil(1501-01-03)
(59 yoshda)
Hirot, Temuriylar imperiyasi
Fuqaroligi Temuriylar imperiyasi va Katta Xuroson
Kasbi Davlat arbobi, faylasuf, shoir, yozuvchi

Alisher Navoiy ((chigʻatoycha: علیشیر نوایی[1]; forscha: نظام‌الدین علی‌شیر نوایی;) 9-fevral 1441-yil, 3-yanvar 1501-yil) — Temuriylar davridagi turkiy xalqlarning shoiri[2], mutafakkir va davlat arbobi[3][4][5][6]. Gʻarbda Chigʻatoy adabiyotining buyuk vakili deb qaraladi.

Tarixchi Ali Yazdiy nazariga tushgan, shoir Lutfiy yosh shoir isteʼdodiga yuqori baho bergan, Kamol Turbatiy eʼtirofini qozongan. Sayyid Hasan Ardasher, Pahlavon Muhammad kabi ustozlardan taʼlim olgan, Abdurahmon Jomiy bilan ijodiy hamkorlikda boʻlgan. Navoiy 1469-yilgacha temuriylar orasidagi ichki nizolar sababli Hirotdan yiroqroqda yashagan.

Husayn Boyqaro Xuroson taxtiga oʻtirgach (1469), Navoiy hayoti va ijodida yangi bosqich boshlanadi, muhrdorlik (1469-yilda) mansabiga, vazirlik (1472-yilda) va Astrobod hokimligi (1487-yilda) lavozimiga tayinlanadi. 1480–1500-yillar mobaynida oʻz mablagʻlari hisobidan bir necha madrasa, 40 rabot (safardagi yoʻlovchilar toʻxtab oʻtish joyi), 17 masjid, 10 xonaqoh, 9 hammom, 9 koʻprik, 20 ta hovuz qurdiradi. Husayn Boyqaro Alisher Navoiyga „muqarrabi hazrati sultoniy“ („sulton hazratlarining eng yaqin kishisi“) degan unvonni beradi. Unga koʻra Navoiy davlatning barcha ishlariga aralasha olardi.

Alisher Navoiy tarjimai holi oʻz davrida Xondamir, Vosifiy, Husayn Boyqaro, Bobur kabi tarixchi va davlat arboblarining asarlarida aks etgan.

  1. Dabashi, Hamid. The World of Persian Literary Humanism. Harvard University Press, 2012 — 165-bet. ISBN 978-0-674-06759-2. „... in his (Nava'i's) own poetic and literary capabilities and wrote both in his native Chagatai Turkish and also in Persian, ...“ 
  2. The Oxford History of Historical Writing Volume 2: 400-1400. Oxford University Press, 2012 — 275-bet. ISBN 978-0-191-63693-6. „... biographies on individuals only started to appear in larger numbers during the late fifteenth century under the Timurid dynasty, such as Khvandamir's glorification of his patron, the Timurid poet and statesman Mir Ali Shir Navai“ 
  3. Nava'i, Ali-Shir. Nasa'em al-mahabba men shama'em al-fotowwa. Turkish Language Association, 1996 — 392-bet. 
  4. Valitova, A. A. (1974). „Alisher Navoi“. A. M. Proxorov (rus.). Buyuk Sovet Ensiklopediyasi. 17 (3-nashr). Moskva: Sovet Ensiklopediyasi. 194-195-betlar.
  5. A. M. Proxorov, muhar. (1997). „Navoi, Nizamiddin Mir Alisher“ (rus.). Buyuk Ensiklopedik Lugʻat (2-nashr). Sankt-Peterburg: Buyuk Rus Ensiklopediyasi. 777-bet.
  6. Umidbek. „Alihser Navoiy Moskvada xotirlandi“. Ozodlik Radiosi (9-fevral, 2011). Qaraldi: 3-oktabr, 2012.

Alisher Navoiy

Dodaje.pl - Ogłoszenia lokalne