Amman
عَمَّان | |
---|---|
Poytaxt shahar | |
| |
Nicknames: | |
Mamlakat | Iordaniya |
Gubernatorlik | Amman gubernatorligi |
Munitsipaliteti | 1909 |
Hukumat | |
• Hokim | Yousef Shawarbeh[3][4] |
Hudud | |
• Umumiy | 1 680 km2 (600 sq mi) |
Balandligi | 1 100 m (3 600 ft) |
Aholisi (2021) | |
• Umumiy | 4 061 150 |
• Zichligi | 00 024/km2 (00 063/sq mi) |
Vaqt mintaqasi | UTC+3 |
Pochta kodi | 11110-17198 |
Veb-sayt | ammancity.gov.jo |
Ammon — Iordaniya poytaxti. Mamlakatning shimoli-gʻarbida, Zarqa vodiysida joylashgan. Aholisi 1,6 mln. kishi (1998). Savdo, sanoat va madaniyat markazi. Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Neftni qayta ishlash, sement, toʻqimachilik, tamaki, koʻnteri, oziq-ovqat (meva va sabzavot konservalash, sut zavodlari, qandolatchilik fabrikasi) sanoati korxonalari bor. Turizm rivojlangan. Universitet, arxeologiya va islom muzeylari bor. Shahar qadimda Rabot-Ammon nomi bilan mashhur boʻlgan, yunonlar va rimliklar hukmronligi davrida Filadelfiya deb atalgan. VII-IX asrlarda Arab xalifaligi tarkibiga kirgan. X asrda xalifalik parchalangach, Misr va Suriyadagi turli davlatlar tasarrufida boʻlgan. 1516-1918-yillarda Turkiya sultonligi tarkibida. 1921-yilda Transiordaniya amirligi tuzilgach, uning poytaxti, 1946-yildan mustaqil Hoshimiylar podsholigining poytaxti. Shaharda mil. boshlariga oid teatr, ibodatxona binolari harobalari, arablar davrida qurilgan qal’a, XIX asrda bunyod etilgan saroylar, Al-Husayn masjidi (1924) va boshqa saqlangan. Hozirgi Ammanda 3-4 qavatli zamonaviy binolar qurilgan.