Arktika — Yerning eng shimoliy nuqtasida joylashgan qutbiy mintaqa. Arktikaga Shimoliy Muz okeani hamda Kanada, Rossiya, Daniya (Grenlandiya), Norvegiya, AQSh (Alaska), Shvetsiya, Finlandiya va Islandiya davlatlarining bir qismi kiradi. Odatda Arktikaning janubiy chegarasi Shimoliy Qutb doirasiga deyarli tugʻri keladi. Umumiy maydoni taxminan. 21,3 mln. km², shundan 14,2 mln. km² suv yuzasiga toʻgʻri keladi. Arktikaning quruklik qismi Rossiya, Kanada, AQSHning Alyaska shtati, Daniya (Grenlandiya) va Norvegiya (Shpitsbergen) hududlarining bir qismini oʻz ichiga oladi. Tabiiy xususiyatlariga koʻra, Arktika orollarining koʻproq (Shimol) qismi Arktika muz zonasiga, materik qismi va janubiy orollar tundra zonasiga kiritiladi. Rossiya Arktikasining Shimol qismini oʻzlashtirishda shu yerdan oʻtadigan Shimoliy dengiz yoʻli katta rol oʻynagan.