Badiiy asar - adabiyot va san’atning voqea bo`lish va yashash shakli, yaxlitlik kasb etgan obrazlar tizimi, badiiy mulokot vositasi. Keng ma’noda badiiy asar san’atning u yoki bu turi (musiqa, rassomlik, haykaltaroshlik, kino, teatr) mansub bo`lgan, insonning go`zallik qonuniyatlari asosidagi ijodiy-ruhiy faoliyati maxsuli sifatida yaralgan yangi mavjudlikni anglatadi, yani ma`noda alohida olingan musiqa asari xam, haykal yoki rang-tasvir xam, film yoki spektakl xam bari badiiy asar sanaladi. Termin faol qo`llanuvchi tor manosida badiiy adabiyotga mansub bulgan «Adabiy badiiy asar» ni bildiradi. Shu o`rinda adabiyotga mansub etiluvchi asarlarning hammasi xam badiiy asar bo‘lavermasligini, «Adabiy asar» bilan «Adabiy-badiiy asar» tushunchalari farqlanishini ta’kidlash lozim. Ya’ni «Adabiy asar» tushunchasining qamrov doirasi keng bo`lib, «Adabiy badiiy asar» uning tarkibiga kiradi hikoya, qissa, roman, memuar, sayohatnoma, esse janrlarida bitilgan asarlarning hammasi «Adabiy asar», biroq sanalganlar ichida hikoya, qissa va romanga nisbatangina «asar» deyish mumkin .