|
Bahoiy E'tiqodi (Баҳоийлик) | |
---|---|
Bahoiylarning boshqaruv organi boʻlgan Umumjahon Adolat Uyi qarorgohi, Xayfa, Isroil |
Bahoiy Eʼtiqodi (kirillcha „Bahoiy Eʼtiqodi“, „Bahoiylik“, „Bahoiyya“ „Bahoiylar“) XIX asrda asos solingan din boʻlib[1], u barcha dinlar mohiyatan yagonaligi hamda barcha insonlarning birligini oʻrgatadi[2] .Bu dinning asoschisi Bahoullohdir. Ushbu din dastlab Eron va Yaqin Sharq hamda Oʻrta Osiyoning baʼzi hududlarida tarqalgan. Dinga ergashganlar doimiy ravishda taʼqiblarga uchrab kelgan[3]. Bahoiylar deb tanilgan mazkur dinning taxminan 9 million izdoshlari boʻlib, ular dunyoning aksariyat mamlakatlari va hududlariga tarqalganlar.
Bahoiy Eʼtiqodida uchta markaziy Siymo mavjud: Bob (1819-1850), Oʻzini insoniyatning maʼnaviy hayotini oʻzgartirishga qaratilgan xabarning etkazguvchisi deb eʼlon qiladi. Uning Vazifasi tinchlik va adolat davrini ochadigan Oʻzidanda buyukroq boʻlgan, va Ollohning qator Rasullari kabi keladigan Mazharning kelishiga yoʻl ochish edi. Bob 1850 yilda Eron hukumati va din peshvolari tomonidan qatl etiladi; Bahoulloh (1817-1892), 1863 yilda Oʻzini oʻsha Vaʼda qilingan Mazhar deb eʼlon qiladi va Oʻzining Muqaddas Bitiklarida U, inson hayotining ham maʼnaviy, ham moddiy jabhalarini nazarda tutadigan global sivilizasiya rivojlanishining asosini tasvirlab beradi. Bu Taʼlimoti uchun Ul Zot 40 yil qamoq, qiynoq va surgunga duchor boʻladi; Abdul-Baho (1844-1921) – Bahoulloh Oʻz vasiyatnomasida toʻngʻich oʻgʻli Abdul-Bahoni Oʻz Taʼlimotining vakolatli tafsirchisi va Eʼtiqodning Rahbari etib tayinlaydi. U 1908 yil, 64 yoshida qamoqdan ozod qilinadi. Abdul-Baho Sharq va Gʻarbda tinchlik elchisi, namunali inson va yangi Eʼtiqodning etakchi vakili sifatida taniladi.
1921-yilda vafot etgunga qadar, Abdul-Baho Oʻzining toʻngʻich nevarasi Shavqiy Effendini (1897-1957) Bahoiy Eʼtiqodining Muhofizi etib tayinlagan Vasiyatnoma qoldiradi. Shavqiy Effendi 36 yil davomida butun insoniyatning xilma-xilligini aks ettiruvchi Bahoiylar jamoasining oʻsib borayotgan birligini tizimli ravishda parvarishlash, tushunchani chuqurlashtirish va mustahkamlash ustida mehnat qiladi. Bahoiylar har yili, Bahoiylar jamoasining ishlarini boshqaradigan Hududiy Kengashlar, Mahalliy va Milliy Ruhiy Majlislarni saylaydilar. Har besh yilda bir marta, Isroilning Hayfa shahrida, Bobning Maqbarasi yaqinida joylashgan Bahoiy Eʼtiqodining xalqaro boshqaruv organiga 9 kishidan iborat Umumjahon Adolat Uyi saylanadi.