Boburiy imperatorlar

Boburiylar davlati
1526 — 1858


Gerb

Boburiylar davlati xaritasi
Poytaxti Agra (1526–1530; 1560–1571; 1598–1648)

Dehli (1530–1540; 1554–1556; 1639–1857)

Lohur (1586–1598)

Fathpur Sikri (1571–1585)

Til(lar)i fors
chigʻatoy tili
urdu
Pul birligi rupiya
Maydoni 1.000.000 kv km2
Aholisi 150.000.000 kishi
Boshqaruv shakli mutlaq monarxiya
Sulola Boburiylar
badshoh
 - 1526-1530 Zahiriddin Muhammad Bobur
 - 1837-1858 Bahodir Shoh II

Boburiy imperatorlar (urdu: مغل شہنشاہ , forscha: شاهنشاهان هندوستان) Hindiston yarimorolidagi Boburiylar imperiyasining oliy davlat boshliqlari boʻlgan. Imperiya asosan hozirgi Hindiston, Pokiston, Afgʻoniston va Bangladesh mamlakatlari hududlariga toʻgʻri keladi. Boburiy hukmdorlari oʻzlarini badshoh (buyuk podshoh) yoki shahanshoh deb atashgan[1]. 1526-yildan boshlab Hindistonning ayrim qismlarini, 1707-yilga kelib subkontinentning aksariyat qismini boshqara boshladilar. Keyinchalik hududlar qisqara bordi, lekin sulola 1857-yilgi Hindiston qoʻzgʻolonigacha nominal ravishda hududlarni boshqargan.

Boburiylar kelib chiqishi Oʻrta Osiyodan boʻlgan turk-moʻgʻul Temuriylar sulolasining bir shajarasi boʻlgan. Ularning asoschisi, Fargʻona vodiysidan (hozirgi Oʻzbekiston) boʻlgan temuriy shahzoda Bobur Temurning toʻgʻridan-toʻgʻri avlodi boʻlgan (odatda gʻarb xalqlarida Temurlan deyiladi). Temur esa chingiziy malikaga uylanishi orqali Chingizxonga aloqador boʻlgan.

Keyinchalik Boburiy imperatorlarining koʻpchiligi nikoh orqali hind rajputi va forslar bilan rishtalarini bogʻlagan, chunki hukmdorlar rajput va fors malikalaridan tugʻilishi zarur boʻlgan[2]. Masalan, Akbar yarim fors (onasi asli fors), Jahongir yarim rajput va chorak fors, Shoh Jahon esa toʻrtdan uchi rajput boʻlgan[3].

Avrangzeb hukmronligi davrida (taxm. 1658—1707-yillar), imperiya jahon yalpi ichki mahsulotining 25% dan ortigʻiga teng boʻlgan dunyodagi eng yirik iqtisodiyot va ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan. Sharqda Chittagongdan gʻarbda Kobul va Balujistongacha boʻlgan Hindiston yarimorolining deyarli barcha qismini va shimolda Kashmir, janubda Kaveri daryosi havzasigacha boʻlgan hududni boshqargan[4].

Boburiylar sulolasining nasabnomasi. Grafikda har bir imperatorning faqat asosiy avlodlari keltirilgan.

Oʻsha paytda imperiyaning aholisi 110 dan 150 million kishigacha yetgan boʻlsa (dunyo aholisining chorak qismi), hududi esa 4 million kvadrat kilometrdan (1,5 million kvadrat milya) ortiq edi[5]. XVIII asrda Boburiylarning qudrati susayadi va oxirgi imperator Bahodurshoh II 1857-yilda Britaniya Rajining oʻrnatilishi bilan taxtdan agʻdariladi[6].

  1. Faruqui, Munis D.. The Princes of the Mughal Empire, 1504–1719. Cambridge University Press, 2012 — 25-bet. ISBN 9781107022171. 
  2. Mohammada, Malika. The Foundations of the Composite Culture in India. Akkar Books, 1 January 2007 — 300-bet. ISBN 978-8-189-83318-3. 
  3. Dirk Collier. The Great Mughals and their India. Hay House, 2016 — 15-bet. ISBN 9789384544980. 
  4. Chandra, Satish. Medieval India: From Sultanate to the Mughals — 202-bet. 
  5. Richards, John F.. The Mughal Empire, The New Cambridge history of India: 1.5 Johnson: . Cambridge: Cambridge University Press, 1 January 2016 — 1, 190-bet. ISBN 978-0521251198. 
  6. Spear 1990, ss. 147–148

Boburiy imperatorlar

Dodaje.pl - Ogłoszenia lokalne