Charlz Darvin | |
---|---|
Tavalludi |
12-fevral 1809-yil Shrusburi, Shropshir, Angliya |
Vafoti |
19-aprel 1882-yil (73 yoshda) Kent, Angliya |
Istiqomat joylari | Angliya |
Fuqaroligi | Britan |
Sohasi | Tabiatshunoslik |
Taʼlimi |
Edinburg universiteti Kembrij universiteti |
Akademik rahbarlari | Adam Sejuik |
Mashhur ishlari |
Turlarning kelib chiqishi Tabiiy tanlanish |
Mukofotlari |
Qirollik Medali (1853) Wollaston Medali (1859) Copley Medali (1864) |
Dini | Angliya Cherkovi, biroq oilasi Unitarian boʻlgan, 1851-yildan keyin agnostik. |
Charlz Robert Darvin (inglizcha: Charles Robert Darwin, 12-fevral, 1809[1][2] – 19-aprel, 1882) ingliz tabiatshunosi boʻlgan. Barcha turlar bir yoki bir necha umumiy ajdoddan tabiiy tanlanish orqali kelib chiqqani haqidagi ilmiy gipotezani ilgari surgan. Evolutsiya haqiqatdan ham sodir boʻlishini ilmiy jamoat Darvin hayotligi vaqtidayoq qabul qildi, lekin evolutsiyaning aynan tabiiy tanlanish orqali kechishi haqidagi iddao faqat 1930-larga kelib tan olindi. Darvin'ning gipotezalari zamonaviy evolutsiya nazariyaning asosi boʻlib xizmat qildi.