Dengiz suvi

Standart dengiz suvi

Dengiz suvi, okean suvi – dengiz va okeanlar suvi. Dunyo okeani suvining umumiy hajmi 1370 mln. km3, bu esa Yer sharidagi barcha suvning 98% ini tashkil qiladi. Dengiz suvida mineral tuz, gaz (asosan azot, kislorod, karbonat angidrid, vodorod sulfid) va kam miqdorda organik moddalar (1–5 mg/l) erigan holda boʻladi. D. yeda deyarli barcha kimyoviy elementlarni topish mumkin. D. yeda erigan moddalarning 99,9% dan ortiqrogʻi tuzlardan iborat. D. s.ning oʻziga xos xususiyatlaridan biri uning shoʻrligi va xlorliligidir. Dengiz suvining shoʻrligi oʻrtacha 3,47% , oʻzgaruvchanligi 3,4 dan 3,6% gacha. Bu har bir litr dengiz suvida taxminan 35 gramm tuz (asosan natriy xlorid) eriganligini anglatadi. Bu 0,6 mol / litrga toʻgʻri keladi (agar barcha tuz NaCl deb hisoblansa, aslida bunday emas) [1] . D. s.ning zichligi uning temperaturasi, shoʻrligi va bosimiga bogʻliq. Shoʻrligi 35%o boʻlgan D. s.ning zichligi (temperaturasi 4° boʻlgan distillangan suvga nisbatan) 0° da 1,028126 va 20° da 1,024781 ga teng.

  1. Хорн 1972.

Dengiz suvi

Dodaje.pl - Ogłoszenia lokalne