Fan tarixi

Fan tarixi qadimgi davrlardan hozirgi kungacha boʻlgan ilm-fanning rivojlanish jarayonidir. Ushbu jarayon fanning uchta asosiy yoʻnalishi: tabiiy, ijtimoiy va formal fanlarni qamrab oladi[1]. Maʼrifatchilik davrida rasmiy fan sohalari shakllangach bronza, temir, antik davrlar hamda oʻrta asrlarda mavjud boʻlgan protofanlar, ilk bilimlar va alkimyo hamda astrologiya kabi tabiiy falsafiy ilmlar yangi tarixning ilk davriga kelib oʻz ahamiyatini yoʻqota boshlagan.

Ilm-fanning eng qadimgi ildizlari Qadimgi Misr va Mesopotamiyaga borib taqaladi (miloddan avvalgi 3000-yildan to 1200-yilgacha boʻlgan davr)[2][3]. Ushbu sivilizatsiyalarning matematika, astronomiya va tibbiyotga qoʻshgan hissasi keyinchalik klassik antik davr yunon naturfalsafasiga taʼsir koʻrsatgan. Tabiiy sabablarga asoslanib, olamdagi voqealarni tushuntirish uchun urinishlar amalga oshirilgan[2][3]. Gʻarbiy Rim imperiyasi qulagandan soʻng, lotin tilida soʻzlashuvchi Gʻarbiy Yevropada oʻrta asrlarning dastlabki davrlarida (milodiy 400-yildan 1000-yilgacha) olam haqidagi ellinistik tushunchalar oʻzgaradi[4], ammo yunon tilida soʻzlashuvchi Vizantiya imperiyasida rivojlanish surʼati jadal davom etgan. Yunoncha matnlarning tarjimalari yordamida islomning oltin davrida ellinistik dunyoqarash saqlanib, arab tilida soʻzlashuvchi musulmon dunyosiga singib ketadi[5]. X—XIII asrlarda Gʻarbiy Yevropada yunon asarlari va islomiy izlanishlarning tiklanishi hamda oʻzaro uygʻunlashuvi Gʻarbda naturfalsafani oʻrganishga boʻlgan intilishlarni kuchaytirgan[4][6]. Ilk fan anʼanalari qadimgi Hindistonda va alohida qadimgi Xitoyda ham rivojlangan boʻlib, Xitoy modeli Gʻarb tadqiqotlaridan oldin Vyetnam, Koreya va Yaponiyaga taʼsir koʻrsatgan[7]. Mezoamerikaning Kolumbgacha boʻlgan davr xalqlari orasida Zapotek sivilizatsiyasi astronomiya va matematikaning birinchi maʼlum anʼanalarini kalendar tuzish uchun ishlab chiqqan. Keyinchalik Maya va boshqa sivilizatsiyalar ham bu anʼanalarni davom ettirgan.

XVI—XVII asrlarda Yevropadagi ilmiy inqilob davrida yangi gʻoyalar va kashfiyotlar avvalgi yunon tushunchalari va anʼanalaridan uzoqlashib, naturfalsafa esa oʻzgarishga yuz tutgan[8][9][10][11]. Yangicha fan mexanikroq, matematika bilan koʻproq integratsiyalashgan va yanada ishonchli hamda ochiq boʻlgan, chunki undagi bilimlar yangi aniqlangan ilmiy metodga asoslangan edi[11][12][13]. Keyingi asrlarda bir qancha „inqilob“lar ketma-ket sodir boʻla borgan. Masalan, XVIII asrdagi kimyoviy inqilob sabab kimyo fanida yangi miqdoriy usullar va oʻlchov birliklarini joriy etilgan[14]. XIX asrda energiyani saqlash, Yerning yoshi va evolyutsiyaga oid yangi qarashlar eʼtibor markazida boʻlgan[15][16][17][18][19][20]. XX asrda genetika hamda fizikadagi yangi kashfiyotlar molekulyar biologiya va zarralar fizikasi kabi yangi kichik fanlar paydo boʻlishiga olib kelgan[21][22]. Bundan tashqari, sanoat va harbiy muammolar, shuningdek, yangi tadqiqot ishlarining murakkabligi „Big Science“ davrida, ayniqsa Ikkinchi jahon urushidan keyin yuzaga kelgan[21][22][23].

  1. Cohen, Eliel „The boundary lens: theorising academic activity“, . The University and its Boundaries, 1st, New York, New York: Routledge, 2021 — 14–41-bet. ISBN 978-0367562984. Qaraldi: 2021-yil 8-iyun. 
  2. 2,0 2,1 Lindberg, David C. „Science before the Greeks“, . The Beginnings of Western Science, 2nd, Chicago: University of Chicago Press, 2007 — 1–20-bet. ISBN 978-0-226-48205-7. 
  3. 3,0 3,1 Grant, Edward „Ancient Egypt to Plato“, . A History of Natural Philosophy. New York: Cambridge University Press, 2007 — 1–26-bet. ISBN 978-052-1-68957-1. 
  4. 4,0 4,1 Lindberg, David C. „The revival of learning in the West“, . The Beginnings of Western Science, 2nd, Chicago: University of Chicago Press, 2007 — 193–224-bet. ISBN 978-0-226-48205-7. 
  5. Lindberg, David C. „Islamic science“, . The Beginnings of Western Science, Second, Chicago: University of Chicago Press, 2007 — 163–92-bet. ISBN 978-0-226-48205-7. 
  6. Lindberg, David C. „The recovery and assimilation of Greek and Islamic science“, . The Beginnings of Western Science, 2nd, Chicago: University of Chicago Press, 2007 — 225–253-bet. ISBN 978-0-226-48205-7. 
  7. Shigeru, Nakayama (1995). "History of East Asian Science: Needs and Opportunities". Osiris 10: 80–94. doi:10.1086/368744. http://www.jstor.org/stable/301914. Qaraldi: 10 February 2024. Fan tarixi]]
  8. Küskü, Elif Aslan (2022-01-01). "Examination of Scientific Revolution Medicine on the Human Body / Bilimsel Devrim Tıbbını İnsan Bedeni Üzerinden İncelemek". The Legends: Journal of European History Studies. https://www.academia.edu/87500649. Qaraldi: 28 September 2022. Fan tarixi]]
  9. Hendrix, Scott E. (2011). "Natural Philosophy or Science in Premodern Epistemic Regimes? The Case of the Astrology of Albert the Great and Galileo Galilei". Teorie Vědy / Theory of Science 33 (1): 111–132. doi:10.46938/tv.2011.72. http://teorievedy.flu.cas.cz/index.php/tv/issue/view/10. Qaraldi: 20 February 2012. Fan tarixi]]
  10. Principe, Lawrence M. „Introduction“, . Scientific Revolution: A Very Short Introduction. New York: Oxford University Press, 2011 — 1–3-bet. ISBN 978-0-199-56741-6. 
  11. 11,0 11,1 Lindberg, David C. „The legacy of ancient and medieval science“, . The Beginnings of Western Science, 2nd, Chicago: University of Chicago Press, 2007 — 357–368-bet. ISBN 978-0-226-48205-7. 
  12. Gal, Ofer „The New Science“, . The Origins of Modern Science. New York, New York: Cambridge University Press, 2021 — 308–349-bet. ISBN 978-1316649701. 
  13. Bowler, Peter J.; Morus, Iwan Rhys „The scientific revolution“, . Making Modern Science, 2nd, Chicago: University of Chicago Press, 2020 — 25–57-bet. ISBN 978-0226365763. 
  14. Bowler, Peter J.; Morus, Iwan Rhys „The chemical revolution“, . Making Modern Science, 2nd, Chicago: University of Chicago Press, 2020 — 58–82-bet. ISBN 978-0226365763. 
  15. Bowler, Peter J.; Morus, Iwan Rhys „The conservation of energy“, . Making Modern Science, 2nd, Chicago: University of Chicago Press, 2020 — 83–107-bet. ISBN 978-0226365763. 
  16. Bowler, Peter J.; Morus, Iwan Rhys „The age of the earth“, . Making Modern Science, 2nd, Chicago: University of Chicago Press, 2020 — 108–133-bet. ISBN 978-0226365763. 
  17. Bowler, Peter J.; Morus, Iwan Rhys „The Darwinian revolution“, . Making Modern Science, 2nd, Chicago, Illinois: University of Chicago Press, 2020 — 134–171-bet. ISBN 978-0226365763. 
  18. From Natural Philosophy to the Sciences: Writing the History of Nineteenth-Century Science. Chicago: University of Chicago Press, 2003. ISBN 978-0-226-08928-7. 
  19. The Oxford English Dictionary dates the origin of the word „scientist“ to 1834.
  20. Lightman, Bernard „Science and the Public“, . Wrestling with Nature. Chicago: University of Chicago Press, 2011 — 367-bet. ISBN 978-0-226-31783-0. 
  21. 21,0 21,1 Bowler, Peter J.; Morus, Iwan Rhys „Genetics“, . Making Modern Science, 2nd, Chicago: University of Chicago Press, 2020 — 197–221-bet. ISBN 978-0226365763. 
  22. 22,0 22,1 Bowler, Peter J.; Morus, Iwan Rhys „Twentieth-century physics“, . Making Modern Science, 2nd, Chicago: University of Chicago Press, 2020 — 262–285-bet. ISBN 978-0226365763. 
  23. Bowler, Peter J.; Morus, Iwan Rhys „Introduction: Science, society, and history“, . Making Modern Science, 2nd, Chicago: University of Chicago Press, 2020 — 1–24-bet. ISBN 978-0226365763. 

Fan tarixi

Dodaje.pl - Ogłoszenia lokalne