Asl nomi | Goethes Faust |
---|---|
Muallif(lar) | Johann Wolfgang von Goethe |
Tarjimon(lar) | Erkin Vohidov |
Til | oʻzbekcha |
Janr(lar)i | tragik pyesa |
Nashriyot |
Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti (I qism) Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti (II qism) „Yangi asr avlodi“ (I va II qismlar) |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi |
1972 (I qism) 1974 (II qism) 2015 (I va II qismlar) |
Sahifalar soni |
268 (I qism, 1972) 398 (II qism, 1974) 536 (I va II qismlar, 2015) |
ISBN | ISBN 978-9943-27-312-2 (I va II qismlar, 2015) |
„Faust: Tragediya“ — nemis shoiri Johann Wolfgang von Goethe qalamiga mansub „Faust“ tragik pyesasining Erkin Vohidov oʻgirgan oʻzbekcha tarjimasi. Pyesaning I qismi ilk bor 1972-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan. II qismi ayni nashriyotda 1974-yil chop etilgan. I va II qismlar 2015-yilda „Yangi asr avlodi“ nashriyotida bir jildli kitob oʻlaroq nashr etilgan.[1]
„Faust“ pyesasining I qismida nemis xalqi hayoti hamda Faust va Gretchenning (talaffuzi: Gretxen) fojiali sevgisi haqida hikoya qilinadi. II qismda esa antik dunyo va qadimiy qahramonlar haqida hikoya qilinadi. Asarda „hayot oshigʻi“ Faust va „hayot yovi“ Mephistopheles (talaffuzi: Mefistofel) oʻrtasidagi kurash muhim oʻrin tutadi.
Pyesani Vohidovdan oldin Choʻlpon, Oybek, Maqsud Shayxzoda va boshqa adiblar oʻzbek tiliga qisman oʻgirgan. Ammo Vohidov tarjimasi ilk toʻliq oʻzbekcha tarjima boʻlib, adabiyotshunos olimlar, jumladan, Ibrohim Gʻafurov tomonidan yuqori baholangan.[2]