أبو نصر محمد الفارابي (Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlugʻ Tarxon Forobiy; Forobiy) | |
---|---|
Tavalludi | 10-yanvar 873-yil, Forob |
Vafoti |
taxminan 12-yanvar 951-yil (77 yoshda), Damashq |
Fuqaroligi | Abbosiylar |
Koʻrsatgan taʼsirlari | Al-Beruniy, Umar Xayyom, al-Gʻazzoliy, Averroes, Nosir al-Din Tusiy, Ibn al-Nafis, Averroizm, Sxolastitsizm, Albertus Magnus, Duns Scotus, Thomas Aquinas, Buridan, Benedetti, Galileo, Harvey |
Olgan taʼsirlari | Arastu, Galen, Plotinus, Aflotunchilik, Muhammad, Vosil ibn Ota, al-Kindiy, al-Roziy, |
Farobiy (taxallusi; toʻliq nomi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlugʻ Tarxon Forobiy; 873-yil, Farob shahri — 951-yil, Damashq) — Oʻrta Osiyoning mutafakkiri va qomusiy olimi. Yunon falsafasini chuqur bilgani, unga sharhlar bitganligi va jahonga targʻib qilgani hamda zamonasining ilmlarini puxta oʻzlashtirib, fanlar rivojiga ulkan hissa qoʻshgani uchun „al Muallim assoniy“ („Ikkinchi muallim“, Aristoteldan keyin), „Sharq Arastusi“ nomlariga sazovor boʻldi.