Gemoglobin (gemo... va lot. globus — yer, kurra) — odam, umurtqali va baʼzi umurtqasiz hayvonlar qonida boʻladigan nafas pigmenti, murakkab oqsil. Qonga qizil tus beradi, nafas aʼzolaridan toʻqimalarga kislorod va toʻqimalardan nafas aʼzolariga karbonat angidrid olib oʻtadi. Oqsilli qism — globin va temir porfirin — gemayan iborat. Gemoglobin kislorod bilan qoʻshilib, beqaror birikma hosil qiladi. Kislorodning parsial bosimi birmuncha yuqori boʻladigan oʻpka kapillyarlarida Gemoglobin kislorodga boyiydi, toʻqima kapillyarlarida esa kislorodni hujayra va toʻqimalarga beradi. Turli organizmda gemoglobinning tuzilishi turlicha. Sogʻlom odamning 100 g qonida 13—16% gemoglobin bor. Ayollar qonidagi gemoglobin miqdori erkaklardagidan kam boʻladi. Gemoglobin miqdori maxsus asbob — gemometr bilan aniqlanadi. Gemoglobin miqdorini aniqlash muhim diagnostik ahamiyatga ega. Qon kasalliklarining aksariyati (anemiya) gemoglobin tarkibining buzilishi bilan bogʻliq[1].
Gemoglobin (Hb) - qizil qon tanachalari (RBC yoki eritrotsit) tarkibidagi asosiy oqsil boʻlib, kislorodni tashish funksiyasini bajaradi.[2] Baʼzi hayvonlarda gemoglobin plazmadagi erkin oqsil sifatida harakatlanadi, RBC tarkibiga kirmaydi. Odam organizmida gemoglobin erkin holatda boʻlsa, uning 3%i kapillarlar orqali toʻqimalarga oʻtadi yoki buyrak glamerulyar aparati orqali tashqariga chiqariladi. Shu sababli, odam organizmidagi gemoglobin oʻz vazifasini bajarish uchun RBC tarkibida boʻlishi kerak.[2]