Horun ar-Rashid

Horun ar-Rashid
هَارُون ٱلرَشِيد

Hijriy 184-yilda (milodiy 800—801-yillar) Bagʻdodda zarb etilgan Horun ar-Rashidning oltin dinori
 Bagʻdod xalifaligining 5-xalifasi
Mansab davri
786-yil 14-sentabr – 809-yil 24-martgacha
Oʻtmishdoshi Al-Hodiy
Vorisi Muhammad Al-Amin
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 17-mart 763-yil
Vafoti 24-mart 809-yil(809-03-24)
(46 yoshda)
Tus, Bagʻdod xalifaligi
Turmush oʻrtogʻi
Bolalari
Onasi Al-Xayzuran
Otasi Al-Mahdiy
Dini islom, sunniylik
Dafn etilgan joyi Imom Rizo ansambli, Mashhad, Eron

Abu Jaʼfar Horun ibn Muhammad al-Mahdiy (arabcha: أَبُو جَعْفَر هَارُون ٱبْنِ مُحَمَّد ٱلْمَهْدِيّ) yoki oddiygina Horun ibn al-Mahdiy (arabcha: هَارُون ٱبْنِ ٱلْمَهْدِيّ; tax. 763 yoxud 766 - 809.24.3), Horun ar-Rashid (arabcha: هَارُون ٱلرَشِيد) nomi bilan mashhur — Abbosiylar sulolasining 5-xalifasi.14-sentabrda Abbosiylar taxtiga oʻtiradi. 786-yildan 809-yil, vafotiga qadar xalifalik qilgan. Anʼanaga koʻra uning hukmronlik davri islom oltin davrining boshlanishi hisoblanadi. „Ar-Rashid“ epiteti „ortodoks“, „adolatli“, „toʻgʻri“ yoki „toʻgʻri yoʻl-yoʻriqli“ degan maʼnoni anglatadi.

Horun hozirgi Iroq poytaxti Bagʻdodda afsonaviy Bayt ul-Hikmat („Donishmandlar uyi“) kutubxonasini tashkil qilgan va hukmronligi davrida Bagʻdod jahon ilm, madaniyat va savdo markazi sifatida ravnaq topgan[1]. Hukmronligi davrida Abbosiylar xalifaligini barpo etishda hal qiluvchi rol oʻynagan Barmakiylar xonadoni asta-sekin tanazzulga yuz tutdi. 796-yilda oʻz saroyi va hukumatini hozirgi Suriyadagi Raqqaga koʻchirdi. Mamlakatda Horun otasi Al-Mahdiynikiga oʻxshash siyosat olib bordi. Horun akasi Al Hodiy qamoqqa tashlagan koʻplab Umaviylar va Aliylarni ozod qildi. Qurayshning barcha siyosiy guruhlari uchun amnistiya eʼlon qildi[2]. Vizantiya bilan keng koʻlamli harbiy harakatlar boshlandi. Uning hukmronligi davrida Abbosiylar imperiyasi oʻzining eng yuqori choʻqqisiga chiqdi[3].

Franklar missiyasi 799-yilda Horunning huzuriga doʻstlik taklifi bilan keldi. Horun Buyuk Karl saroyiga qaytib kelgan emissarlar orqali turli xil sovgʻalar yubordi. Jumladan, Karl va uning mulozimlari sehrgar soat deb atagan va har soatda turli xil ovozlar chiqaradigan soat ham bor edi[4][5][6]. Xayoliy „Ming bir kecha“ning bir qismi Horun saroyida yozilgan boʻlib, undagi baʼzi hikoyalar Horunning oʻzi bilan bogʻliq[7]. Horunning hayoti va saroyi boshqa koʻplab ertaklar uchun ham haqiqat, ham uydirma mavzu boʻlgan.


Manba xatosi: <ref> tags exist for a group named "izoh", but no corresponding <references group="izoh"/> tag was found

  1. Audun Holme, Geometry: Our Cultural Heritage p. 150.
  2. Ghareeb, Edmund A.; Dougherty, Beth. Historical Dictionary of Iraq, 18 March 2004. ISBN 9780810865686. 
  3. Ghareeb, Edmund A.; Dougherty, Beth. Historical Dictionary of Iraq, 18 March 2004. ISBN 9780810865686. 
  4. André Clot, Harun al-Rashid and the world of the thousand and one nights, p. 97.
  5. Royal Frankish Annals, DCCCVII.
  6. Charlemagne: Translated sources, p. 98.
  7. André Clot, Harun al-Rashid and the world of the thousand and one nights.

Horun ar-Rashid

Dodaje.pl - Ogłoszenia lokalne